selves said so.
Ularning o‘zlari shunday deyish-
di.
BIRGALIK OLMOSHLARI (RECIPROCAL PRONOUNS) 1. Birgalik olmoshlariga each other, one another(bir-biri) kiradi.
2. Each other odatda ikki shaxs yoki buyumga nisbatan ishlatiladi,
one another ko‘pchilikka nisbatan ishlatiladi, lekin ko‘pincha bunga amal
qilinmaydi:
They have known each other for
two years.
Ular bir-birlarini ikki yildan bu-
yon tanishadi.
They often see one another. Ular bir-birini tez-tez ko‘rib tu-
rishadi.
Each other va one anotherga qarashli predloglar each va one so‘zla-
ridan oldin ishlatiladi: about each other — bir-biri haqida, for each other — bir-biriga. KO‘RSATISH OLMOSHLARI(DEMONSTRATIVE PRONOUNS) 1. Ko‘rsatish olmoshlarining birlik va ko‘plik shakllari bor. Birlikda this — bu, shu, that — u, o‘sha, ko‘plikda these — bular, shular, those — ular, o‘sha. Ko‘rsatish olmoshlari olmosh-sifat va olmosh-ot bo‘lib keladi.
2. Ko‘rsatish olmosh-sifatlari otning ko‘rsatkichi bo‘lganligi uchun ular-
dan keyin kelgan ot oldida artikl ishlatilmaydi. Agar ko‘rsatish olmoshi dan
keyin kelgan otning boshqa aniqlovchsi bo‘lsa, ko‘rsatish olmoshi, boshqa
ko‘rsatkichlarga o‘xshab, o‘sha aniqlovchidan oldinga qo‘yiladi:
He lives in that house.
U o‘sha uyda yashaydi.
He lives in that white house. U o‘sha oq uyda yashaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi