G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


here saqlanib qoladi: He said that his brother worked here



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə248/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

here saqlanib qoladi:
He said that his brother
worked here.
U akasi shu yerda ishlashini aytdi.
Agar ko‘chirma gap akasi ishlayotgan joydan (shahardan, mamla katdan)
boshqa joyda o‘zlashtirma gapga aylantirilayotgan bo‘lsa, here so‘zi there
bilan almashtiriladi:
He said that his brother
worked there.
U akasi o‘sha yerda ishlashini aytdi.
2) He said, «I like this book».
U dedi: «Men bu kitobni yoqtira-
man».
Agar ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirayotganimizda kitob
qo‘l ostida, yaqin joyda bo‘lsa this o‘zgarmay qoladi:
He said that he liked this book.
U bu kitobni yoqtirishini aytdi.
Agar o‘zlashtirma gapga aylantirayotganimizda kitob qo‘l ostida, yaqin
joyda bo‘lmasa this that bilan almashtiriladi:
He said that he liked that book.
U o‘sha kitobni yoqtirishini aytdi.
3) He said, «I saw Nancy
yesterday».
U dedi: «Men Nansini kecha ko‘r-
dim».
Agar ko‘chirma gap o‘sha kunning o‘zida o‘zlashtirma gapga aylantirilsa
yesterday o‘zgarmay qoladi:
He said that he saw Nancy
yesterday.
U Nansini kecha ko‘rganligini
aytdi.
Agar ko‘chirma gap bir kundan keyin o‘zlashtirma gapga aylantirilsa,
yesterday so‘zi the day before bilan almashtiriladi:
He said that he had seen
Nancy the day before.
U Nansini bir kun oldin ko‘rgan-
ligini aytdi.
So‘roq gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish
1. Agar ko‘chirma gaplar so‘roq gap bo‘lsa, ularni o‘zlashtirma gapga
aylantirganda, ular to‘ldiruvchi ergash gaplarga aylanadi.
Ikki xil ko‘chirma so‘roq gaplar ustida to‘xtalib o‘tamiz:
a) who, which, whose, when, why, how many, how much, how long va
boshqa so‘roq so‘zlar bilan boshlanuvchi maxsus so‘roq gaplar;
b) yordamchi fe’llar bilan boshlanuvchi umumiy so‘roq gaplar.
2. Maxsus so‘roq gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirganda quyi dagi
o‘zgartirishlar qilinadi:
20 — M. G‘apporov
www.ziyouz.com kutubxonasi



306
a) so‘roq belgisi tushirib qoldiriladi;


b) so‘roq gap tartibi darak gap tartibiga aylantiriladi;
c) kesim (yordamchi, modal va asosiy fe’l) egadan keyinga qo‘yiladi;
d) so‘roq gap boshida kelgan so‘roq so‘z yoki so‘zlar bosh gapdan keyin
kelib, uni ergash gap bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi;
e) va darak gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishdagi boshqa o‘z-
gartirishlar qilinadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin