G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


Used to o‘tgan zamonda uzoq davom etgan ish-harakatni yoki holatni  ham ifodalaydi (ayniqsa to be, to know, to live



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   263
xorijiy t

Used to o‘tgan zamonda uzoq davom etgan ish-harakatni yoki holatni 
ham ifodalaydi (ayniqsa to be, to know, to live kabi fe’llar bilan):
He used to be very strong in his 
youth.
U yoshligida juda kuchli edi.
used to know that man.
Men u kishini bilar edim (tanir 
edim).
He used to live in Brighton.
U Braytonda yashar edi.
Used faqat o‘tgan zamonda ishlatiladi. So‘roq shakli did yordamchi fe’li 
yordamida yoki usiz yasaladi. Bo‘lishsiz shakli esa didsiz yasaladi:
Used you (Did you use) to take 
English lessons every day?
Siz har kun ingliz tili darsi 
olardingizmi?
He used not (usen’t, usedn’t) to 
have dinner at home.
U uyda ovqatlanmasdi.
The Simple Future Tense
Oddiy kelasi zamonning yasalishi
1. Simple Future asosiy felning oldiga 1-shaxs birlik va ko‘plikda
shall yordamchi fe’lini, qolgan shaxslarda will yordamchi fe’lini qo‘yish 
bilan yasaladi:
Ega + shall (will) + V
I (we) shall work, he (you, they) will work.
2. Simple Futurening bo‘lishsiz shakli shall yoki will yordamchi fe’lidan 
keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + + shall (will) + not + V
I (we) shall not work. He (you, they) will not work.
3. So‘roq shaklini yasashda shall yoki will yordamchi fe’li eganing oldiga 
o‘tkaziladi: 
Shall (will) + ega + V?
Shall I (we) work? Will he (you, they) work?


81
Og‘zaki nutqda quyidagi qisqartirmalar ishlatiladi: I’ll, He’ll, She’ll, 
We’ll, You’ll, They’ll, I shan’t, I’ll not, He won’t, He’ll not, She won’t, 
She’ll not, It won’t, It’ll not, We shan’t, We’ll not, You won’t, You’ll not, 
They won’t, They’ll not.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin