G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   263
xorijiy t

to want, to understand kabi fe’llar bor. Bunday fe’llar bilan hozir, 
gapirilayotgan paytda davom etayotgan ish harakatni ifodalash uchun 
Present Continuous emas, Simple Present ishlatiladi.
see a ship in the distance.
Men uzoqda kemani ko‘rayap-
man.
Don’t talk so loudly, I hear you 
well. 
Buncha qattiq gapirma, seni yax-
shi eshitayapman.
don’t understand this sentence.
Men bu gapni tushunmayapman.
3. If agar, unless agar …-masa, provided that bo‘lsa, shartda, when 
–dapaytida, before oldin, until -maguncha, till -gacha as soon as -gach, 
as long as -da kabi bog‘lovchilar bilan bog‘langan shart va payt ergash gap-
larda Simple Present Simple Future o‘rnida kelasi zamondagi ish-hara katni 
ifodalash uchun ishlatiladi:
If
he comes, I shall ask him about 
it.
Agar u kelsa, men undan bu 
haqda so‘rayman.
I shall go there unless it rains.
Agar yomg‘ir yog‘masa, men u 
yerga boraman.
I shall stay here until he returns.
U qaytib kelmaguncha, men 
shu yerda bo‘laman.
We shall send you the documents 
as soon as we receive them from 
London.
Biz hujjatlarni Londondan oli-
shimiz bilanoq, ularni sizga 
yuboramiz.


78
4. Harakatni (qatnovni) ifodalaydigan to leave jo‘namoq, tark etmoq, to 
start jo‘namoq, to sail suzib ketmoq, to return qaytib kelmoq, to arrive 
yetib kelmoq, to go bormoq, to come kelmoq kabi fe’llar bilan Simple 
Present kelasi zamondagi ish-harakatni ifodalaydi. Bunda kelasi zamonni 
ko‘rsatuvchi payt holi bo‘lishi kerak:
Does your brother arrive on Mon-
day?
Akangiz dushanba kuni yetib ke-
ladimi?
The steamer sails tomorrow. 
Paroxod ertaga suzib ketadi.
THE SIMPLE PAST TENSE (ODDIY O‘TGAN ZAMON )
ODDIY O‘TGAN ZAMONNING YASALISHI
1. Simple Pastni yasashda to‘g‘ri fe’llarning o‘zagiga -ed qo‘shim-
chasi qo‘shiladi: to work — I worked, to live — I lived, to expect — I ex-
pected.
-ed qo‘shimchasi [d], [t] yoki [id] deb o‘qiladi: lived, worked, expected
Noto‘g‘ri fe’llarning Simple Pastdagi shakli turli yo‘llar bilan yasaladi: 
to speak – spoke; to begin – began; to sell – sold; to lose – lost.
2. Simple Pastning bo‘lishsiz shakli fe’lning asosiy shaklidan oldin did 
yordamchi fe’li va not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + did + not + V
Bu yerda V-fe’lning o‘zagi, to yuklamasisiz kelgan infi nitiv.
did not work. He did not work. did not speak. He did not speak.
3. Simple Pastning so‘roq shakli eganing oldiga did yordamchi fe’lini va 
egadan keyin asosiy fe’lning o‘zagini qo‘yish bilan yasaladi:
 Did + ega + V?
Did work? Did he work? Did speak? Did he speak?
ODDIY O‘TGAN ZAMONNING ISHLATILISHI
1. Simple Past o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan ish-hrakatni ifodalash 
uchun ishlatiladi. Bu zamon o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan voqealarni hikoya 
qilishda ishlatiladi.
2. Simple Past yesterday kecha, last week o‘tgan hafta, an hour ago 
bir soat ilgari, the other day shu kunlarda, o‘tgan kunlarda, on Monday 


79
dushan bada, in 1998 1998-yilda, during the war urush davrida kabi payt 
hollari bilan hamma vaqt ishlatiladi:
The goods arrived yesterday.
Mollar kecha keldi.
The negotiations ended last week.
Muzokaralar o‘tgan haftada tugadi.
He came at fi ve o’clock.
U soat beshda keldi.
spoke to him the other day.
Men shu kunlarda u bilan gaplash-
dim.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin