G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   263
xorijiy t

was reading the newspaper.
U nonushta qilayotganida men 
gazeta o‘qiyotgan edim.
While he had his breakfast, I read 
the newspaper.
U nonushta qilganida, men gaze ta 
o‘qidim.
While I was doing my homework, 
he was resting.
Men uy ishimni bajarayotga nimda, 
u dam olayotgan edi.
While I did my homework, he 
rested.
Men uy ishimni bajarganimda, u 
dam oldi.
The Future Continuous Tense
 Kelasi davom zamonning yasalishi
1. Future Continuous to be fe’lining kelasi zamondagi shakli va aso siy 
fe’lning hozirgi zamon sifatdoshi shakli bilan yasaladi:
Ega + shall (will) + be + Ving
shall be working, he will be working.
2. Bo‘lishsiz shakli shall (will) yordamchi fe’lidan keyin not inkor yuk-
lamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + shall (will) + not + be + Ving
 
shall not be working, he will not be working.
3. So‘roq shakli shall yoki will yordamchi fe’llarini eganing oldiga qo‘-
yish bilan yasaladi:


88
shall (will) + ega + be + Ving
Shall I be working? Will he be working?
Bo‘lishli shakli
Bo‘lishsiz shakli
So‘roq shakli
shall be working
He (she,it) will be 
working
We shall be working
You will be working
They will be working
shall not be working
He (she, it) will not be 
working
We shall not be working
You will not be working
They will not be wor king
Shall I be working?
Will he (she,it) be working?
Shall we be working?
Will you be working?
Will they be working?
4. Og‘zaki nutqda Simple Futureda ishlatilgan qisqartirmalar ishlati ladi: 
I’ll be working, he’ll be working; I shan’t be working, I’ll not be wor king; 
he’ll not be working, he won’t be working.
KELASI DAVOM ZAMONNING ISHLATILISHI
1. Future Continuous kelasi zamondagi biror vaqtdan oldin boshlanib, 
o‘sha vaqtda ham davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydi. Bu vaqt 
quyidagicha ifodalanadi:
a) at fi ve o’clock soat beshda, at noon peshinda, at midnight yarim tun-
daat that momet o‘sha vaqtda kabi vaqt ko‘rsatkichlari bilan ishlati ladi:
I shall still be working at six 
o’clock.
Soat oltida men hali ham ishlayot-
gan bo‘laman.
He can’t come at two o’clock tomor-
row because he’ll be giving a lesson 
at that time.
U ertaga soat ikkida kela olmaydi, 
chunki o‘sha paytda u dars berayot-
gan bo‘ladi.
b) payt va shart ergash gaplardagi Simple Present bilan ifodalangan 
boshqa bir kelasi zamondagi ish-harakati bilan:
When I come back, they will be ha-
ving supper.
Men qaytib kelganimda ular kechki 
ovqatni yeyayotgan bo‘lishadi.
shall be working when he returns.
U qaytib kelganida men ishlayot-
gan bo‘laman.
If you come after eleven o’clock, I 
shall be sleeping.
Siz o‘n birdan keyin kelsangiz, men 
uxlayotgan bo‘laman.
Izoh: Payt va shart ergash gaplarda Future Continuous ishlatilmaydi, ularning o‘rnida 
Present Continuous ishlatiladi:
If he is sleeping when you come, wake him 
up.
Siz kelganingizda agar u uxlayotgan 
bo‘lsa, uni uyg‘oting.


89
2. Future Continuous kelasi zamondagi uzoq vaqt davomida uzilib-
uzilib davom etgan ish-harakatni ifodalaydi:
shall be preparing for my exami-
nation in May.
Men may oyida imtihonimga 
tay yorlanayotgan bo‘laman.
He will be writing a play during the 
summer.
U yoz davomida pyesa yozayot-
gan bo‘ladi.
In June that fi rm will be carrying 
on negotiations for the purchase of 
wheat.
Iyunda u fi rma bug‘doy sotib 
olish haqida muzokaralar olib 
borayotgan bo‘ladi.
3. all day long kun bo‘yi, all day tomorrow ertaga kun bo‘yi, all the 
time butun vaqt, the whole evening butun oqshom, from fi ve till eight 
soat beshdan sakkizgacha kabi vaqt ko‘rsatkichlari bilan Simple Future 
ham, Future Continuous ham ishlatilishi mumkin. Future Continuous 
ishlatil ganda ish-harakatning bajarilish jarayoni tushuniladi, Simple Future 
ishlatilganda esa ish-harakatning bajarilish dalili (bajariladimi yo‘qmi) tushu-
niladi:
I shall be reading all day tomor-
row.
shall read all day tomorrow.
Men ertaga kun bo‘yi o‘qiyotgan 
bo‘laman (o‘qiyman).
It will be raining the whole eve-
ning.
It will rain the whole evening. 
Butun oqshom yomg‘ir yog‘ayot-
gan bo‘ladi.
I shall be working in the library 
from three till fi ve.
shall work in the library from three 
till fi ve.
Men soat uchdan beshgacha 
kutub xonada ishlayotgan bo‘la-
man.
Yuqoridagi vaqt ko‘rsatkichlari bilan kelgan ikki yoki undan ortiq ish 
harakati sodir bo‘lish tartibida bayon etilsa hammasida faqat Simple Future 
ishlatiladi:
‘ll come home early, I’ll rest from 
fi ve till six, and then I’ll work the 
whole evening.
Men uyga erta kelaman, soat besh-
dan oltigacha dam olaman, so‘ngra 
butun oqshom ishlayman.
4. Ikkita davom etadigan ish-harakati bir vaqtda sodir bo‘lsa, jara yonni 
ifodalashni istasak bosh gapda Future Continuous va ergash gapda Present 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin