Garmonik tebranish generatorlari. Lc-generator. Rc-generator



Yüklə 265,06 Kb.
səhifə2/6
tarix22.12.2023
ölçüsü265,06 Kb.
#190390
1   2   3   4   5   6
O’quv faoliyati natijalari:

  • Generatorlar. Sxemasi va ishlash printsipi.

  • Generatsiya shartlari Garmonik tebranish generatorlari. LC–generator. RC-generator. Relaksatsion tebranish generatori. Multivibrator. Raqamli texnika.

Ta’lim berish usullari

Ma’ruza, “Aqliy hujum”, ko’rgazmali, suhbat,
“Tushunchalar tahlili”

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

Ta’lim berish vositalari

Komputer, proektor

Ta’lim berish sharoiti

O’TV bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat: savol-javob

Generatorlar. Sxemasi va ishlash printsipi. Generatsiya shartlari Garmonik tebranish generatorlari. LC–generator. RC-generator. Relaksatsion tebranish generatori. Multivibrator. Raqamli texnika” ma’ruza mashg’ulotining
TEXNOLOGIK XARITASI:

Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Kirish bosqichi (15 daqiqa)

    1. Uyga berilgan vazifa tekshiriladi va baholanadi.

    2. Yangi mashg’ulotning mavzusi, rejasi va maqsadi bayon qilinadi.

    3. Talabalarga yangi mavzu yuzasidan savollar berib bilimlarini faollashtiradi .

Uyga vazifani taqdim etadilar.
Yozib oladilar va savollarga javob beradilar.



Asosiy bosqich (55daqiqa)

Generatorlar. Sxemasi va ishlash printsipi. Generatsiya shartlari Garmonik tebranish generatorlari. LC–generator. RC-generator. Relaksatsion tebranish generatori.
Multivibrator. Raqamli texnika.

“Insert” metodidan foydalanib berilgan ma’ruza matnini
tahlil qilishadi



Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

    1. Tezkor savollar berish orqali mavzu mustahkamlanadi.

    2. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosa yasaydi, muhim jihatlarga ishtirokchilar diqqatini jalb qiladi, mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtrigan savollarga javob beradi.

    3. Uy vazifa beradi: Mavzuga oid atamalarni “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib yoritib kelish.

Savollarga javob beradilar.

Savollar beradilar.


Vazifani yozib oladilar.






Elektronika va signallarni qayta ishlashning ko’p sohalarida elektr tebranishlarni hosil qiladigan qurilmalar katta ahamiyatga ega. Bunday qurilmalar generatorlar deb ataladi. Generator deb, bir turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga aylantiradigan qurilmalarga aytiladi. elektron generator deganda, o’zgarmas tok energiyasini o’zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib beradigan qurilma tuShuniladi.
Ayrim hollarda maxsus rejimda ishlovchi yuqori chastotali katta quvvatli kuchaytirgichlar ham elektr signali generatorlar deyiladi. Qurilmada hosil qilinadigan tebranishlarning chastotasi va shakli chiziqli bo’lmagan elementlar xususiyatlariga va qurilmaning sxemasiga bog’liq bo’ladi. Generatorlar ishlab chiqaradigan tebranish shakliga qarab garmonik va garmonik bo’lmagan generatorlarga bo’linadi. Tebranishlarning shakli sinuslar yoki kosinuslar qonuni bo’yicha o’zgaradigan tebranish ishlab chiqaradigan generatorlar garmonik tebranish generatorlari deb, aks
holda esa garmonik bo’lmagan yoki relaksatsion tebranish generatorlari deb ataladi.
Garmonik tebranish generatorlari past va yuqori chastotali generatorlarga bo’linadi. Ularga misol qilib, RC va LC generatorlarini ko’rsatish mumkin.
Generatorlarda tebranish hosil bo’lish hodisasiga generatsiya deyiladi. Generatorlar uyg’otilish usuliga qarab, tashqi va ichki turtki taʻsirida ishlovchi generatorlarga bo’linadi.
Tashqi turtki taʻsirida uyg’onadigan generatorlar asosan rezonans kuchay-tirgichdan iborat bo’lib, aslida tebranish manbai bo’lmay balki kam quvvatli signalni kuchaytirib beradi. Ular yuqori chastotali generator hisoblanadi. Tebranish chastotasi nagruzka konturining rezonans chastotasiga teng bo’lib, amplitudasi tashqi kuch bilan belgilanadi.
Ichki turtki taʻsirida uyg’onadigan generatorlar o’z-o’zidan tebranish hosil qiluvchi generator bo’lib, ular avtogeneratorlar deb ham ataladi. Ularda tebranish chastotasi va amplitudasi qurilmaning xususiy parametrlari orqali aniqlanadi.
Kuchaytirgachlarda musbat teskari bog’lanish bo’lganda kuchaytirish koef-fitsientining teskari bog’lanish parametri Kβ ortishi bilan o’sishi va kuchaytirish jarayonini stabilligini kamayishi kuchaytirgichlar nazariyasidan bizga maʻlum. Ana Shu nostabillik o’z-o’zidan tebranish hosil bo’lishning zarur sharti deb qabul qilinadi. Hakikatdan ham

к  
 2n

Yüklə 265,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin