Polotno o’rilish. Bu to’qimada arqoq va tanda iplari shaxmat holatida
kesishib joylashadi. To’qimaning yuziga bir gal tanda ipi, bir gal arqoq ipi
chiqadi. Polotno o’rilish rapporti tanda va arqoq bo’yicha ikki ipga teng.
Polotno o’rilishdato’qilgan to’qimaning o’ngi va teskarisi bir xil va tekis
bo’ladi. Boshqa o’rilishga nisbatan polotno o’rilishdagi gazlama mistahkam
bo’ladi.
Agar polotno o’rilishda tanda arqoqqa nisbatan yo’g’on bo’lsa,
to’qimada ko’ndalang yo’llar hosil bo’ladi. Arqoq yo’g’on bo’lsa, bo’ylama
yo’llar hosil bo’ladi.
Ra RT=Ra=2nRT
Sarja o’rilish.Tanda va arqoq qoplanish bir tomonga yo’nalib bitta ipga
surilib to’qiladi.
Sarja rapportida minimal iplarning soni uchga teng bo’ladi. To’qimaning
o’ngida, odatda diagonal yo’llar chapdan o’ngga qarab, pastdan yuqoriga,
ba’zan o’ngdan chapga qarab ketadi.
Sarja o’rilishning rapporti kasr bilan belgilanadi. (1/2, 1/3...). Kasrning
surat rapportdagi tanda qoplanishlar sonini bildiradi. Maxraji esa, arqoq
qoplanishlarni bildiradi. Sarja rapporti surat va maxrajdagi raqamlar
yig’indisiga teng bo’ladi.
Sarjaning o’ngida arqoq qoplanishlar ko’p bo’lsa, arqoqli sarja deb
ataladi, aksincha gazlama o’ngida tanda qoplanishlar ko’p bo’lsa, tandali sarja
deb ataladi.
arqoq sarja - 1/2; 1/3; 1/4....
tandali sarja - 2/1; 3/1; 4/1....
Sarja rapportdagi iplar soniga hamda tanda va arqoqning zichligiga
qarab sarja o’rilishdagi diagonal yo’llarning qiyalik burchagi har xil bo’ladi.
Sarja o’rilishdagi to’qimalar yumshoq, mayin, elastic bo’ladi, lekin
mustahkamligi polotno o’rilish to’qimaga qaraganda pastroq bo’ladi.
Arqoqli sarja 1/2 Tandali sarja 2/1
Ra Ra Rt=Ra=3 Rt Rt
Satin va atlas o’rilish.To’qimaning o’ngida cho’ziq uzun qoplanishlar
bo’ladi. Shuning uchun to’qimaning o’ngi, odatda silliq bo’ladi.
Agar to’qimaning o’ngida ko’proq arqoq qoplanishi bo’lsa, uni satin
o’rilishi deb aytiladi. Aksincha, gazlama o’ngida ko’proq tanda qoplanish
bo’lsa atlas o’rilishi bo’ladi.
Satin va atlas o’rilishlar rapportida eng kamida beshta ip bo’ladi va
qoplash siljishini ikkitadan kam bo’lmasligi kerak.
Satin va atlas o’rilishlar rapporti kasr bilan belgilanadi. (5/2; 5/3; 7/2;
7/3). Kasrning surati rapportidagi iplarning sonini ko’rsatadi. Maxraji esa
qoplash siljishini ko’rsatadi.
Satin va atlas o’rilishdagi to’qimalar ishqalanishga chidamli lekin
sitiluvchan bo’ladi.
Satin 5/2 atlas 5/2
Ra Ra Rt=Ra=5 Rt Rt