Gazlamalarning tasnifi, tuzilishi, rapport turlari; Gazlamalarning navini aniqlash Polotno, sarja, satin va atlas o’rilishlar



Yüklə 42 Kb.
səhifə6/14
tarix01.05.2023
ölçüsü42 Kb.
#105689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
malaka gulasar

Gazlamaning tuzilish fazasi. Gazlamalarni to’qish jarayonida arqoq va
tanda iplari o’zaro egiladi. Iplarning egilish miqdori ko’p omillarga bog’liq:
1) arqoq va tanda iplarining yog’onligiga
2) ularning bikrligiga
3) o’rilish turiga
4) arqoq va tanda bo’yicha zichligiga
5) to’qish jarayonida iplarning tarangligiga bog’liq.
Gazlamalardagi iplarning egilishini hamma holatini o’rganib chiqib prof.
N.G.Novikov gazlama tuzilishini 9 fazaga bo’ladi.
Faza tuzilishi bir ipning ikkinchi ipga nisbatan egilish miqdori bilan
aniqlanadi.ф = ht-tanda ipining egilish balandligi.
ha-arqoq ipining egilish balandligi.
Iplarning egilish balandligi ht, ha noldan L ga qadar o’zgaradi.
L=dt+da
1-fazada. Tanda ipi to’g’ri chiziq bo’yicha joylashadi, arqoq esa
maksimum egiladi.
ha=L=da+dt O
9 faza 1-fazaning teskarisi, ya’ni arqoq to’g’ri chiziq bo’yicha joylashadi,
tanda ipi maksimum egiladi.
ha=O
ô1=O
ht=dt+da=L
5 faza nol fazasi deb ataladi. Agar dt=da bo’lsa, arqoqning egilish
balandligiga barobar, ya’ni ht=da; ha=dt;
ht=da;
ha=dt;
Prof. N.G.Novikov har bir fazaning qiymat miqdorini quyidagich
Oradagi faza qiymatini aniqlash uchun arqoqni egilish balandligini 1/8
ga kamaytiradi va tanda ipining egilish balandligini 1/8 ga oshiradi.
5-fazada gazlama eng kichik qalinlikka ega va katta xajm og’irlikka ega
bo’ladi.
Gazlamaning yuzi silliq, tekis bo’ladi, chunki arqoq va tanda iplari bitta
tekislikda yotadi. Tayanch yuzasi katta bo’ladi, ishqalanishga chidamli.
Asosiy gazlamalar (polotno, sarja, atlas) 2, 3, 4 fazada to’qiladi. Tafta
gazlamasi oxirgi fazada bo’ladi. Gazlamani pardozlash jarayonida fazalar
o’zgarishi mumkin.
Gazlamaning tuzilish fazasi gazlamalarni ishqalanishda yemirilish
chidamliligiga ta’sir qiladi.
To’qimaning tayanch yuzasi. Gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi
ularning tayanch yuzasiga bog’liq.
To’qimaning tekislik bilan tegib turgan qismini tayanch yuzasi deb
ataladi. Gazlamalarning tayanch yuzasi ularni o’rilishiga, tuzilish fazasiga
bog’liq. Agar gazlama yuzasida arqoq iplari ko’p bo’lsa, (1-faza yoki satin
o’rilish) arqoq tayanch yuzali to’qima deb ataladi.
Aksincha, ya’ni tanda ipi ko’p bo’lsa (9-faza yoki atlas o’rilish) tanda
tayanch yuzali to’qima deb ataladi.
Gazlamalarda ma’lum bir bosimda tayanch yuza 5-20 foizga qadar
bo’ladi.
Gazlamalarning tayanch yuzasi har xil usullar bilan aniqlanadi. Amalda
I.S.Margolin usulidan foydalaniladi.
I.S.Margolin usuli-optik-kontakt usuli
1. Yorug’lik manbai.
2. Kondensor.
3. Uchburchak prizma.
4. Fotoapparat, ob’ektiv.
5. Fotoplastinka.
6. Namuna.
7. Bosim beruvchi disk bu yerda: Σ S1-tekislikka tegib turgan yuzalar yig’indisi;
Yorug’lik manbaidan (1) chiqqan nurlar kondensor (2) orqali uch
burchakli prizmadan (3) o’tib fotoplastinkaga (5) tushadi. Gazlama namunasi
(6) yuk (7) bilan prizmaga qisib qo’yiladi. Gazlamaning prizmaga tegib turgan
qismi tushgan nurlarini yutadi. Natijada fotoplastinka ustida qora dog’lar hosil
bo’ladi. Ularning umumiy yuzasini aniqlab (S1) fotoplastinka yuzasiga (S0)
nisbati orqali gazlamaning tayanch yuzasi aniqlanadi.
To’qimachilik materiallarini ishlatish jarayonida turli yemiruvchi
omillarga chidash xususiyatini yemirilishga chidamliligi deyiladi. Materiallarni
yemirilishi har xil ta’sirlar natijasida sodir bo’ladi.
1. Mexanik ta’sirlar natijasida yemirilish.
2. Fizik-kimyoviy ta’sirlar natijasida yemirilish.
3. Biologik ta’sirida yemirilish.
4. Aralashma ta’sirlar natijasida yemirilish.

Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin