Libos esa kiyim, ust-bosh, odam egniga kiyadigan buyumlardir. 4
Kiyim – bu matodan qilingan, odam tanasidagi qobiq sistemasi bo’lib, eng avvalo, tanani tashqi muhitning salbiy ta’siridan saqlaydi va insoning o’ziga xooos xususiyatlarini namoyon qilib, estetik funksiyani bajaradi.
Qadimdan hozirgacha insoniyat o’tmishi kostyum tarixida o’z aksini topgan.
To’qimachilik tolalari deb, ma’lum uzunlikka ega bulgan egiluvchan va mustaxkam, kundalang kesimining yuzasi kichik xamda ip va to’qimachilik buyumlari olish uchun ishlatiladigan uzun sirtga aytiladi.
Tolalar ikki guruhga bo’linadi: tabiiy va kimyoviy.
Tabiiy tolalar tabiatda insonning ishtirokisiz hosil bo’lgan tolalardir. Kimyoviy tolalar esa zavod va fabrikalarda ma’lum kimyoviy jarayonlar o’tkazish asosida olinadi.
O’simliklardan olinadigan tolalar (tsellyulozali tollar- paxta, zig’ir, kanop losi va x. k), xayvonot tolari (oksilli tolalar- jun, tabiiy ipak) xamda minerallardan olinadigan tolalar tabiiy tolalarga kiradi.
Barcha usimlik tollarining asosini murakkab organik birikma, tsellyuloza, ya’ni uglerod, vodorod va kislorotdan iborat bulgan kletchatka tashkil qiladi.
Barcha xayvonot tolalari asosida yanada murakkabrok organik moddalar- oksillar yotadi.
Tolalar turlari ikki xil usulda: organoleptik (his qilish, sezish) va laboratoriya yo’li bilan o’rganiladi.
Organoleptik (xis qilish) yo’li bilan to’qimachilik tolalarini kurish asosida yaltirokligini, rangini, uzunligi va yo’g’onligi, egriligi va yonishdagi xolatlari urganiladi. Qo’l bilan qattiq va yumshokligi, mustaxkamligi, chuziluvchanligi, issik va sovukligi o’rganiladi.
Laboratoriya yo’li bilan esa tola xolati mikroskop yoki kimyoviy eritmalar yordamida aniqroq o’rganiladi. Bu holda tola tuzilishini mikraskop orkali kurib, uning tashki tuzilishini, qaysi navga tegishli ekanligini anik berishi mumkin. Birok ayrim tolalar o’zining-tashki tuzilishi bo’yicha bir-biridan fark kilmaydi, bu holda mikraskopda tekshiruv bilan birga kimyoviy usulda o’rganish kerak bo’ladi.