To’qimachilik materiallarning buralishi. Bu xususiyat trikotaj polotnosida
bo’ladi. Ma’lumki, tikotaj polotnosi iplarni egib to’qish natijasida hosil
bo’ladi. Ko’ndalang o’rilish polotnosi ustunlar bo’yicha teskari tomonga
buriladi. Xalqlarning qatori bo’yicha polotno o’ng tomonga buraladi.
Lastik o’rilishda polotno buralmaydi. Chunki xalqalar bir qatori o’ng
tomoniga ikkinchi qatori chap tomoniga qarab to’qilgan bo’ladi
Gazlamaning kirishishligi.Kirishish-nam va issiqlik ta’sirida gazlama
o’chamlarining kichrayishi.
To’qimachilik materiallar xo’llanganda, yuvilganda, xo’llab
dazmollanganda kirishadi. Gazlamaning kirishishi natijasida undan tililgan
buyumlar kirishadi, kiyim qismlarining shakli buziladi. Kiyimning avrasi,
astari turlicha kirishsa, kiyimda g’ijimlar, buramlar paydo bo’lishi mumkin.
Gazlamaning kirishishiga sabab, gazlamalarni ishlab chiqarish jarayonida iplar
tarang tortilgan holatda bo’ladi. Shu holatda to’qiladi, pardozlanadi bu bilan
materialning cho’zilgan qismi mahkamlanib qoladi.
Gazlamalarni yuvganda yoki ho’llanganda iplar bo’shashadi. Mavjud
bo’lgan qayishqoq deformatsiya qaytadi. Natijada material kirishadi. Ayniqsa
material tanda yo’nalishi bo’yicha ko’p kirishadi. Demak, gazlamalarning
kirishishi ularning tola tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog’liq.
Tabiiy tolalardan olingan gazlamalar suvda shishadi natijada kirishadi.
Sintetik iplardan olingan gazlamalar suvda shishmaydi, shuning uchun ular
kirishmaydi.
Katta eshilgan iplardan to’qilgan material ko’p kirishadi. 1 va 9 fazadagi
material ham ko’p kirishadi.
Materialning o’lchami kirishganda kamaysa, musbat (+) kirishish
deyiladi. Agar o’lchami ko’paysa, manfiy (-) kirishish deyiladi.
Materialning kirishishi 3 xil o’lchamlar bo’yicha aniqlanadi.
1. Materiallarning eni va uzunligi bo’yicha chiziqli kirishishi.
Demak materialning kirishishiga 3 ta sabab bor:
1. Tayyor mahsulotni ho’l ishlov berilganda pardozlash jarayonida
saqlanib qolgan qayishqoq va elastik deformatsiyaning qaytishi natijasida.
2. Materiallarni ivitganda ulardagi iplarning bo’rtishi natijasida.
3. Materialni ivitilganda sistema iplarning bittasi (arqoq) tekislansa,
ikkinchi sistema iplar (tanda) egiladi.
Gazlamalarning kirishishi tajriba yo’li bilan aniqlanadi. 8710-84 standart
bo’yicha 300x300 mm bo’lgan namuna olinadi. Namunaga ikki yo’nalish
bo’yicha 100x100 mm belgi qo’yiladi (rangli ip bilan tikiladi) yuvish
mashinasida eritmalar bilan 20-250C 0,5 soat davomida yuviladi. Namunani
quritib, dazmollab belgilangan nuqtalar