Gazlamalarning tasnifi, tuzilishi, rapport turlari; Gazlamalarning navini aniqlash Polotno, sarja, satin va atlas o’rilishlar


Noto’qima materiallarning navini aniqlash



Yüklə 42 Kb.
səhifə13/14
tarix01.05.2023
ölçüsü42 Kb.
#105689
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
malaka gulasar

Noto’qima materiallarning navini aniqlash. NTMlar fizik-mexanik
ko’rsatkichlari va nuqsonlari bo’yicha 2 naviga bo’linadi.
1 nav uchun fizik-mexanik ko’rsatkichlari bo’yicha standart talablariga
to’g’ri kelishi kerak. Og’ish chegarasi berilmagan.
II nav uchun quyidagi og’ish miqdori berilgan: 1 m2 og’irligi bo’yicha
10 foiz, eni bo’yicha 3 foiz, zichligi bo’yicha 10 foiz, mustahkamligi bo’yicha
10 foiz, yuvilgandan keyin kirishishi 3 foiz.
NTM nuqsonlari: mayday nuqson 1-nav uchun 12; II-nav uchun 24-
shartli yuzaga, ya’ni Ssh=30 m2 hisoblanadi. 1-nav uchun tarqoq nuqson
bo’lmasligi kerak. II-nav uchun 1 tarqoq nuqson bo’lishi mumkin.
Mahalliy nuqsonlarga^ kichik qismda yog’onlashgan joyi b o’lishi
mumkin. Uzilgan ip - 8 smga qadar, kichik dog’. Tarqoq nuqsonlarga:
iflosligi, yo’l-yo’lligi, har xil tusligi kiradi.
Tikuvchilik iplarning turlari va navini aniqlash. Tikuvchilik iplari har xil
bo’ladi: Ular asosan yigirilgan iplarni eshib, pishitib olinadi. M: Paxtadan
tarqoq usuli bilan yigirilgan iplarni 3, 6, 9, 12 qavat qilib eshib pishitib
olinadi.
Tikuv iplari savdo nomeriga nisbatan mustahkamligi cho’ziluvchanligi
beriladi. Tikuv iplarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri ularning ehilishini uzunligi
bo’yicha bir xilligi va tekisligi. Tikuv iplari ustidagi nuqsonlar bo’yicha 2
navga bo’linadi I va II. Iplarni navi 10 g’altakdan 200 m ipni tekshirib ball
bilan baholanadi.
1. tuguncha yoki yo’g’on qism bo’sa – 3 b.
2. kichik qismida yo’g’onlashish bo’lsa – 1 b.
3. iflos qismi bo’lsa – 1 b.
4. yog’li dog’ 10 burmada – 3 b.
shu ballarning yig’indisi bo’yicha ipning navi aniqlanadi.
Masalan: oq ip uchun 1-navgaga – 40 ball
II-nav uchun – 120 ball beriladi.
Kiyimning tarixiy rivojlanishiga, uning o’zgarishiga uslub va moda sabab bo’ladi.
Uslub-bu jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatidagi muhim va xarakterli belgilar obrazli sistemasi ijodiy prinsiplarning tarixan tarkib topgan bir qadar barqaror mushtarakligidir. Uslub- bu davrning badiiy tili, uning badiiy xarakteristikasi. Davr o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy formasiya bilan belgilanadi.
Har bir davrning o’ziga xos badiiy uslubi bo’ladi. U jamiyat hayotidagi muhim omillarni aks ettiradi. Har qaysi tarixiy davr o’zi uchun xarakterli shakllarni tanlar, insonning mahlum darajada kostyumda o’z ifodasini topgan muayyan estetik idealini o’ziga bo’ysudirar edi.
Atrofimizni o’rab turgan turli narsalar olamida kostyum eng muhim o’rinlardan birini egallaydi va shaxsiy estetik tarbiyalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Ifodali, obrazli hal etilgan kostyum insonning ichki go’zalligani ochib berishga, uning o’ziga xos fazilatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kostyum bu yaxlit ansamblg’ bo’lib, uning diqqat markazida inson turadi. Har qanday tarixiy davrdagi kostyum shaklining zaminida odamning muayyan darajada plastik nafis obrazi va gavdasi (qad-qomati) yotadi. Har bir garmoniya (yunoncha harm`nia-predmetlar, voqealar, butun qismlarning turli sifatlarining bog’liqligi, kelishganligi, muvofiqligi, monandligi) va barkamolligi haqida, inson gavdasining estetik idellagi to’g’risida o’zining tushunchasini rivojlantirardi, bundan esa kostyumdagi mutanosiblik, ko’lam geometrik hajm, shakl va ranglarning turli-tumanligi kelib chiqadi.
Kostyum – bu insonning individualligini yoki ijtimoiy guruhni ifodalovchi muayyan obrazli badiiy sistema.
Elka va bel kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo’shimchalar (aksessuarlar), bezaklar, grim, soch turmagi, tanani bo’yash, uning shaklini o’zgartirish – bularning barchasi birgalikda kostyumni tashkil etadi.

Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin