3. Ey razryad (elektr yoyi). Agar 3–rasmda tasvirlangan elektrodlarni bir-biriga tegizsak va elektr tok o’tkazsak, elektrodlarning bir-biriga tegib turgan uchlari qiziydi. So’ng ularni bir-biridan bir oz uzoqlashtiraylik. Katod. bo’lib hizmat qiluvchi elektrod juda ko’p termoelektronlar chiqaradi. Bu termoelektronlar elektrodlar oralig’idagi gazni ionlashtiradi. Natijada elektrodlar orasida yoy shaklidagi kuchli (ko’zni qamashtiradigan darajada yorug’) shu’la paydo bo’ladi. Buni elektr yoyi yoki Petrov yoyi deyiladi. Elektr yoyi uchqundan farqli o’laroq, uzluksiz davom etadi.

Tajribalar asosida yoy razryad unchalik
katta bo’lmagan kuchlanishlarda (40 V)
sodir bo’lishi aniqlandi. Lekin tok kuchi
katta (3000 A) bo’lishi mumkin.
3–rasm
1.4. Plazma.
1.4. Plazma.
Yuqori darajada ionlashgan, lekin kichik makroskopik hajmda elektroneytral bo’lgan gaz plazma deb ataladi. Agar gazning barcha molekulalari ionlashgan bo’lsa, ya’ni ionlashganlik darajasi birga teng bo’lsa, to’liq ionlashgan plazma deyiladi. Boshqa hollarda qisman ionlashgan plazma bilan ish ko’rilayotgan bo’ladi. Plazmani ikki usul bilan hosil qilish mumkin:
1. O’ta yuqori temperaturalargacha qizdirilgan gaz molekulalari o’zaro to’qnashuvi tufayli ionlanish sodir bo’ladi. Masalan, T10000 K da har qanday jism plazma holatida bo’ladi. Barcha yulduzlar, xususan Quyosh ham, ana shunday yuqori temperaturali plazmadan iboratdir.