Odam genetikasi. Nasl-nasabni tekshirish. Egizaklar muammosi Odam genetikasi irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini, normal va patologik belgilar
irsiyatlanishining o'ziga xosliklarini, kasalliklarning irsiyatga va muhit sharoitlariga bog'liqligini
inson populyatsiyalarida o'rganadigan fandir.
Odamlarda belgilar irsiylanishi masalalarini o'rganish mendelizm ta'limoti vujudga
kelishidan ancha oldin boshlangan edi. Ingliz biologi F. Galton 1865-yilda o'zining «Talant va
xarakterning irsiylanishi» asarida birinchi marta odam genetikasining asosiy prinsiplarini bayon
qildi. F. Galton shaxsning ishchanligi, intellekti, tashqi qiyofasi kabi ko'p xususiyatlarini
genealogik, egizaklar, statistik ussullar bilan o'rganish mumkin deb hisoblagan.
Odam genetikasini o'rganish quyidagi qiyinchiliklarga bog'liqdir:
1.
Insonlarda duragaylash usulini qo'llash mumkin emas.
2.
Avlodlar almashinishi juda sekin kechadi.
3.
Oilada farzandlar uncha ko'p bo'lmaydi.
4.
Insonlar kariotipi ancha murakkab, birikish guruhlari ko'p.
Shunga qaramasdan odam genetikasini o'rganishning quyidagi
qulay tomonlarini ta'kidlash mumkin:
1. Inson populyatsiyalarining ko'p sonli ekanligi.
2.
Inson populyatsiyalarida genetik olimlarni qiziqtiruvchi bel- gilarga ega bo'lgan oilalarni
ko'plab uchratish mumkinligi.
3.
Insonlar populyatsiyalarida ma'lum mutatsiyalarning chas- totalari ancha yuqori ekanligi.
4.
Insonlar fiziologiyasi va biokimyosi boshqa organizmlarga qaraganda ancha mukammal
o'rganilganligi.
Odam genetikasini o'rganish usullari
Odam genetikasini o'rganishda asosan quyidagi usullardan foy- dalaniladi.
1.
Genealogiya
2.
Egizaklar usuli
3.
Sitogenetika
4.
Immunogenetika
5.
Biokimyoviy usul
6.
Dermatoglifika
7.
Populyatsion statistika usuli
8.
Molekular genetika
9.
Biologik modellashtirish.