Genetik va sitologik xaritalarni yaratish usullari bilan tanishish. Odam kariotipidagi xromosomalar genom strukturasiga ko’ra ularni guruhlarga ajratish. Odamda jinsiy xromosomaga va autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishga doir masalalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix02.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#171645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Genetika 5-amaliy

2.13-jadval. 
Egizaklarda irsiy kasalliklar konkordantligi 
Kasallik 
Konkordantlik 
MZ 
DZ 
Sonning tug'ma chiqishi 
41 

Qizamiq 
98 
94 
Maymoqlik 
32 

Parotit 
82 
74 
Sil 
67 
23 
Revmatizm 
47 
17 
Qandli diabet 
65 
18 
Shizofreniya 
69 
10 
Epilepsiya 
67 
23 


Shuning uchun ham avval bolada qanday qobiliyatlar borligini ma'lum testlar yordamida 
aniqlash, undan keyin esa uning rivojlanishi uchun zarur sharoitni yaratish lozim. Hozirgi davrda 
egizaklar usuli farmakogenetikada keng qo'llanilmoqda. Bu egizak- sherik bo'yicha nazorat 
usulidir. Usulning mohiyati shundan iboratki, bunda kasal MZ lar guruhi ikkita kichik guruhlarga 
ajratiladi. Bitta kichik guruhni yangi preparat (samaradorligi aniqlanishi lozim bo'lgan) bilan 
ikkinchi kichik guruhni esa eski qo'llanib kelinayotgan preparat bilan davolanadi. 
MZ lar bir xil genotipga ega bo'lganligi uchun ulardan olingan ma'lumotlar umumiy 
populyatsiyadagi nazorat guruhidan olingan natijalarga nisbatan shubhasiz ishonchli bo'ladi. 
Shuning uchun ham bu usul qo'llanilganda tekshirilayotgan guruhlar soni MZ lar uchun kam (20 
juft), umumiy populyatsiya uchun esa juda ko'p bo'lishi lozim. Bundan tashqari umumiy 
populyatsiya olinganda tekshirilayotgan shaxslarni yoshiga, jinsiga, kasallikning og'ir- 
yengilligiga qarab tanlab olish lozim. Umumiy populyatsiya tekshirilganda baribir davolash 
samarasi har xil bo'lishi mumkin, chunki, har bir preparatga nisbatan turli shaxslarning individual 
sezuvchanligi turlicha bo'ladi. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 
1.
Odam genetikasi nimalarni o'rganadi? 
2.
Odam genetikasini o'rganishda qanday qiyinchiliklarga duch kelamiz? 
3.
Odam genetikasini o'rganishning qanday usullari mavjud? 
4.
Genealogiya usulining mohiyatini tushuntiring. 
5.
Genealogiya usullari bilan nimalarni aniqlash mumkin? 
6.
Genealogiya usuli qanday bosqichlarda o'tkaziladi. 
7.
Asosiy irsiylanish tiplari va ularning xarakterli xususiyatlarini aytib bering. 
8.
Egizaklar usuli bilan qanday savollarga javob olish mumkin? 
9.
Egizaklar zigotaligini qanday usullar bilan aniqlash mumkin? 
10.
Dori preparatlari samaraligi aniqlashni qanday tushunasiz? 
Masalalar
 
1. Ota va ona normal rang ajrata oladigan oilada daltonik o'g'il va ikkita normal rang 
ajratuvchi qizlar tug'ilgan. O'g'ildan tug'ilgan o'g'il nevara sog'lom, qizlardan binning o'g'li — 
daltonik, qizi esa sog'lom. Ikkinchi qizidan 5 ta o'g'il tug'ilgan, ularning hammasi sog'lom. Shu 
ma'lumotlar asosida shajara tuzing. 
2.
Proband o'g'il — gemofilik, uning ota-onalari sog'lom. Probandning ona tomonidan buvasi 
— gemofilik, buvisi esa sog'lom. Probandning ikki qizi va bir o'g'li sog'lom, ikkinchi o'g'li esa 
gemofilik. Otasining oilasida gemofiliya uchramagan. Shu ma'lumotlar asosi- da avlodlar 
shajarasini tuzing. 


3.
O'z oilangizda bironta belgini tanlab olib (ko'z rangi, soch shakli, quloq yumshog'i 
joylashishi, tilni nay qilib buka olish va boshqalar) shajara tuzing. 
4.
Quyidagi jadvaldagi ma'lumotlar asosida belgining rivojlanishida irsiy va muhit rolini 
aniqlang
 (2-jadval).
2.14-j a d v a l 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin