Odamda jinsiy xromosomaga va autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishga
doir masalalar yechish
Ishdan maqsad:
Odam genetikasiga doir masalalar yechishni o‘rganish
Kerakli asbob va jihozlar
: Mavzuga doir tablitsalar, rasmlar.
Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar xilma-xil bo‘lib, ularning asosida irsiyatni belgilovchi
moddalarning o‘zgaruvchanligi – mutatsiyalar yotadi. Shuning uchun ham irsiy kasalliklarni
tasniflashda mutatsiyalar tasnifidan foydalaniladi. Hozirgi davrda irsiy kasalliklarning quyidagi
tasnifi keng qo‘llaniladi:
I. Genom kasalliklari
II. Xromosoma kasalliklari
III. Gen kasalliklari
Ko‘pincha genom va xromosoma kasalliklari umumiy nom bilan xromosoma kasalliklari
deb yuritiladi.
Masala. A qon gruppasiga ega ayol B qon gruppasiga ega erkakka turmushga chiqqan.
Farzandlarida qanday qon gruppalari bo‘lishini aniqlang.
Yechish; Nikohdan o‘tgan ayol va erkakning genotipi gomozigota yoki geterozigota, yo
bo‘lmasa birinchisi gomozigota, iikinchisi geterozigota bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra,
farzandlarining genotipi quyidagi 4 xil variant bo‘yicha aniqlanadi;
1. fen II III
P
gen
AA X BB
fen IV
F
1
gen AB
2. fen II III
P
gen AO X BO
fen IV II III
I
F
1
gen
AB AO BO OO
3. fen II II
R
gen AO BB
fen IV III
F
1
gen AB BO
4. fen II III
P
gen AA BO
fen IV II
F1
gen AB AО
Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Oilada 3 ta bola tugilgan. Qon gruppalari A,B,O. Ular ota-onasining qon gruppasi qanday
bo‘ladi?
2. Onaning qon gruppasi - A, bolaniqi - B. Bolaga onaning qonini quyish mumkinmi?
Z. Ba’zi hayvonlarning birinchi xromosomada S,S
1
,S
2
, allellari, ikkinchi xromosomada D va
d allellari uchrashi mumkin bo‘lsa, bu allellarga nisbatan populyatsiyada qanday genotipli
hayvonlar uchraydi?
4. Kambala baligida tanasining rangiga ta’sir qiluvchi yetti xil (Ro Rm, Rt, Rcc, Rco Rmc)
allel bor. U holda kambala populyatsiyasidagi baliklarning genotipi qanday bo‘lishi mumkin?
5. Drozofila meva pashshasining yovvoyi formasi kulrang tanali bo‘ladi. Unda ro‘y bergan
mutatsiya tufayli sariq tanali, qora tanali formalar hosil bo‘ladi. Agar qora tanali urg‘ochi pashsha
sariq tanali erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F
1
dagi barcha drozofilalar kulrang tanali bo‘ladi.
Bu mutatsiyalarni hosil qiluvchi genlar allelmi?. Tushuntirib bering, genlar va ular joylashgan
xromosomalarni ko‘rsatgan holda chatishtirish sxemasini yozing.
6. Odamda gemoiliyani keltirib chiqaruvchi gen- h X xromosomada joylashgan. Otasi
gemofiliya bilan kasallangan qiz sog‘lom yigitga turmushga chiqqan. Ular 8 ta farzand ko‘rishgan;
a) farzandlarining nechtasi sog‘lom? b) qizlarining nechtasi sog‘lom? v) gemofiliya bilan
kasallangan o‘g‘il bolalar nechta?
7. Odamda ranglarni ajrata olmaslik - daltonizm kasalligi retsessiv (d) xolda nasldan-naslga
o‘tadi. Rangni normal ajratadigan odamlarda D gen bor. Har ikki gen X xromosomada joylashgan.
Ranglarni normal farq qiladigan, lekin mazkur belgi bo‘yicha geterozigota qiz daltonik yigitga
turmushga chiqqan va 8 ta farzand ko‘rgan: a) ayol necha xil gameta hosil qiladi? b) tug‘ilgan
farzandlarining nechtasi normal ko‘radi; v)nechta o‘g‘il bolada daltonizm kasalligi mavjud? g)
nechta qiz bola daltonizm kasali bilan kasallangan?
8. Odam terisida ter bezlarining bo‘lmasligi retsessiv, bo‘lishi dominant belgi hisoblanadi.
Bu belgining genlari X xromosomada joylashgan. Mazkur belgi bo‘yicha geterozigota qiz ter
bezlari bor yigitga turmushga chiqib, 4 ta farzand ko‘rgan: a) farzandlarining nechtasida ter bezlari
bo‘lmaydi; b) nechta o‘g‘il bolada ter bezlari bo‘lmaydi; v) qizlarning nechtasi mazkur belgi
bo‘yicha geterozigota hisoblanadi?
|