Genetik va sitologik xaritalarni yaratish usullari bilan tanishish. Odam kariotipidagi xromosomalar genom strukturasiga ko’ra ularni guruhlarga ajratish. Odamda jinsiy xromosomaga va autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishga doir masalalar


Odamda jinsiy xromosomaga va autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishga



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix02.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#171645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Genetika 5-amaliy

Odamda jinsiy xromosomaga va autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishga 
doir masalalar yechish 
Ishdan maqsad:
Odam genetikasiga doir masalalar yechishni o‘rganish 
Kerakli asbob va jihozlar
: Mavzuga doir tablitsalar, rasmlar. 
Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar xilma-xil bo‘lib, ularning asosida irsiyatni belgilovchi 
moddalarning o‘zgaruvchanligi – mutatsiyalar yotadi. Shuning uchun ham irsiy kasalliklarni 
tasniflashda mutatsiyalar tasnifidan foydalaniladi. Hozirgi davrda irsiy kasalliklarning quyidagi 
tasnifi keng qo‘llaniladi: 
I. Genom kasalliklari 
II. Xromosoma kasalliklari 
III. Gen kasalliklari 
Ko‘pincha genom va xromosoma kasalliklari umumiy nom bilan xromosoma kasalliklari 
deb yuritiladi.
 
Masala. A qon gruppasiga ega ayol B qon gruppasiga ega erkakka turmushga chiqqan. 
Farzandlarida qanday qon gruppalari bo‘lishini aniqlang. 
Yechish; Nikohdan o‘tgan ayol va erkakning genotipi gomozigota yoki geterozigota, yo
bo‘lmasa birinchisi gomozigota, iikinchisi geterozigota bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, 
farzandlarining genotipi quyidagi 4 xil variant bo‘yicha aniqlanadi; 
1. fen II III 

gen
AA X BB 


fen IV 
F
1
gen AB 
2. fen II III 
P
gen AO X BO 
fen IV II III 

F
1
gen 
AB AO BO OO 
3. fen II II 

gen AO BB 
fen IV III 
F
1
gen AB BO 
4. fen II III 
P
gen AA BO 
fen IV II 
F1
gen AB AО 


 
Mustaqil yechish uchun masalalar 
1. Oilada 3 ta bola tugilgan. Qon gruppalari A,B,O. Ular ota-onasining qon gruppasi qanday 
bo‘ladi? 
2. Onaning qon gruppasi - A, bolaniqi - B. Bolaga onaning qonini quyish mumkinmi? 
Z. Ba’zi hayvonlarning birinchi xromosomada S,S
1
,S
2
, allellari, ikkinchi xromosomada D va 
d allellari uchrashi mumkin bo‘lsa, bu allellarga nisbatan populyatsiyada qanday genotipli 
hayvonlar uchraydi? 
4. Kambala baligida tanasining rangiga ta’sir qiluvchi yetti xil (Ro Rm, Rt, Rcc, Rco Rmc) 
allel bor. U holda kambala populyatsiyasidagi baliklarning genotipi qanday bo‘lishi mumkin? 
5. Drozofila meva pashshasining yovvoyi formasi kulrang tanali bo‘ladi. Unda ro‘y bergan 
mutatsiya tufayli sariq tanali, qora tanali formalar hosil bo‘ladi. Agar qora tanali urg‘ochi pashsha 
sariq tanali erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F
1
dagi barcha drozofilalar kulrang tanali bo‘ladi. 
Bu mutatsiyalarni hosil qiluvchi genlar allelmi?. Tushuntirib bering, genlar va ular joylashgan 
xromosomalarni ko‘rsatgan holda chatishtirish sxemasini yozing. 
6. Odamda gemoiliyani keltirib chiqaruvchi gen- h X xromosomada joylashgan. Otasi 
gemofiliya bilan kasallangan qiz sog‘lom yigitga turmushga chiqqan. Ular 8 ta farzand ko‘rishgan; 
a) farzandlarining nechtasi sog‘lom? b) qizlarining nechtasi sog‘lom? v) gemofiliya bilan 
kasallangan o‘g‘il bolalar nechta? 
7. Odamda ranglarni ajrata olmaslik - daltonizm kasalligi retsessiv (d) xolda nasldan-naslga 
o‘tadi. Rangni normal ajratadigan odamlarda D gen bor. Har ikki gen X xromosomada joylashgan. 
Ranglarni normal farq qiladigan, lekin mazkur belgi bo‘yicha geterozigota qiz daltonik yigitga 
turmushga chiqqan va 8 ta farzand ko‘rgan: a) ayol necha xil gameta hosil qiladi? b) tug‘ilgan 
farzandlarining nechtasi normal ko‘radi; v)nechta o‘g‘il bolada daltonizm kasalligi mavjud? g) 
nechta qiz bola daltonizm kasali bilan kasallangan? 
8. Odam terisida ter bezlarining bo‘lmasligi retsessiv, bo‘lishi dominant belgi hisoblanadi. 
Bu belgining genlari X xromosomada joylashgan. Mazkur belgi bo‘yicha geterozigota qiz ter 
bezlari bor yigitga turmushga chiqib, 4 ta farzand ko‘rgan: a) farzandlarining nechtasida ter bezlari 
bo‘lmaydi; b) nechta o‘g‘il bolada ter bezlari bo‘lmaydi; v) qizlarning nechtasi mazkur belgi 
bo‘yicha geterozigota hisoblanadi? 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin