Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə38/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

Xarakterli belgilari:
Irsiylanish golandrik tipda kuzatiladi, ya’ni
belgi faqat otadan o ‘g‘liga o ‘tadi
(25-rasm).
VI. Sitoplazm atik irsiylanish
— mitoxondriya, xloroplastlar va
plazmida genlariga bog‘liq. Misollar: odamlarda ko‘rish nervi
atrofiyasi, mitoxondrial sitopatiya va boshqalar. Faqat onadan
farzandlarga o ‘tadi (o‘g‘illariga ham, qizlariga ham) (26-rasm).
Egizaklar usuli. Eng qadimgi irsiy tekshirish usullaridan biri
bo‘lib, hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Egizaklar
monozigotali (bir tuxumli) yoki dizigotali (ikki tuxumli) bo‘lishi
mumkin. Monozigotali egizaklar bir xil genotipga ega bo‘ladilar,
dizigotalilar genotipida esa o‘rta hisobda 50% genlar o‘xshash
bo‘ladi, ularning o‘xshashligi aka-ukalar, opa-singillarga o‘xshaydi.
Egizaklar usulidan:
1. Belgining rivojlanshida irsiyat va muhitning rolini aniqlash-
da;
2. Belgining irsiy yoki irsiylanmasligini o‘rganishda;
3. Belgining penetrantligini aniqlashda;



81
25-r a s m.


Y — xromosomaga birikkan belgining irsiylanishi.
26-r a s m.
Sitoplazmatik irsiylanish.
4. Dori preparatlarining samaradorligini aniqlashda foydalani-
ladi.
Egizaklar usulini qo‘llashdan oldin ularning mono yoki dizi-
gotaligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tekshirishlardan o ‘tkazi-
ladi: 1. Morfologik va fiziologik belgilarni solishtirish
(27-rasm).
Buning uchun
konkordantlik
va
diskordantlik
tushunchalari keng
qo‘llaniladi. Agar belgi egizaklarning har ikkalasida uchrasa konko­
rdantlik, egizaklarning faqat bittasida uchrasa diskordantlik deyila­
di. Konkordantlik qancha yuqori bo‘lsa, belgining rivojlanishida



82
Genetika


27-r a s m.
Monozigotali egizaklar.
irsiyatning ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi. Konkordantlik va
diskordantlik ko‘rsatkichlari qanchalik bir-biriga yaqin bo ‘lsa, bu
belgining rivojlanishida muhitning ahamiyati shunchalik katta
bo‘ladi (masalan, yuqumli kasalliklar). 2. Immunogenetika usuli —
eritrotsitlar antigenlarini (IA, IB, M, N, Rh), qon zardobi oqsillarini,
HLA antigenlarini aniqlashga asoslangan. 3. Dermatoglifika tek-
shirishlari. 4. Feniltiokarbamidga sezuvchanligini aniqlash. 5. Teri
transplantatsiyasi — eng ishonchli usul.
Belgining irsiy ahamiyatini aniqlashda quyidagi Xolsinger
tenglamalardan foydalaniladi:

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin