Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə66/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

Genetik monitoring
usuli keng qo‘llanilmog‘i zarur. Genetik
monitoring inson populyatsiyalarida genetik jarayonlarni tinimsiz,
oldindan belgilangan rejalar asosida kuzatib borishdir.
Genetik monitoring quyidagicha amalga oshiriladi:
a) genetik yuk dinamikasini o ‘ganish (zararli muhit omillari
tomonidan indutsirlangan gen va xromosoma mutatsiyalari chasto-
talarini aniqlash);
b) tibbiy-statistik m a’lumotlar asosida spontan abortlar, o ‘lik
tug‘ilish holatlari chastotasini, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vaznini,
bo‘y uzunligini, ularning yashab qolish ko‘rsatkichlarini, jinslar



127
mutanosibligini, tug‘ma va orttirilgan kasalliklar chastotasini,


bolalarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash;
c) qon zardobi va eritrotsitlarda oqsillarni elektroforez usulida
tekshirib, mutant oqsillarni aniqlash;
d) spontan abortlangan homilalarni, o ‘lik tug‘ilish holatlarini,
tug‘ma nuqsonlar bilan tirik tug‘ilgan bolalarni sitogenetik usullar-
cha tekshirish.
Irsiy kasalliklarning katta guruhi ekogenetik kasalliklar bo ‘lib,
ular irsiy moyilligi bo ‘lgan shaxslarda, m a’lum omillar ta ’sirida
kelib chiqadi. Bunday kasalliklar profilaktikasida ham tevarak-
muhitni muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
Irsiy kasalliklar profilaktikasining ikkinchi yo‘nalishi —
oilalarni rejalashtirishga asoslangan. Oilani rejalashtirish chora-
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) qon-qarindoshlar orasidagi nikohlar (inbriding)ga yo‘l
qo‘ymaslik;
b) geterozigot tashuvchilar orasidagi nikohlarni cheklash;
c) irsiy patologiya xatari yuqori bo‘lgan holatlarda farzand
ko‘rishga maslahat bermaslik.
Insonlar genofondi ko‘p jihatdan ular orasidagi nikohlar tipla-
riga bog‘liq. Ular quyidagilar:
1.

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin