Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik


Jarayon uchun zarur obyektlarni tayyorlash



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə86/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

1. Jarayon uchun zarur obyektlarni tayyorlash
2. Ularni sun’iy o ‘stirish
3. Tozalash
4. Modifikatsiyalash
5. Olingan mahsulotlardan foydalanish
Bu murakkab jarayonda juda ko‘p soha mutaxassislari:
genetiklar, molekulyar biologlar, sitologlar, bioximiklar, viru-
sologlar, mikrobiologlar, injener-texnologlar, jihozlar konstruktor-
lari qatnashadi.
Biotexnologiyaning istiqbollari.
Ko‘p mamlakatlarda ovqat mahsulotlari yetishmaydi. Shu
tufayli asosiy muammolardan biri o‘simliklar va hayvonlar mahsul-
dorligini oshirishdir.
Biotexnologlar hosildor o‘simlik navlarini yaratishdan tashqari
ularni zararkunandalardan himoya qilishning biotexnologik yo‘lla-
rini ishlab chiqmoqdalar.
Zararkunandalarga qarshi kurashning
biologik usullari y o ‘lga q o ‘yilmoqda.
O‘simliklar hosildorligini oshirishda xar xil bakteriyalardan
tayyorlangan
biologik o ‘g ‘itlar
ishlab chiqarish katta ahamiyatga
ega.
Masalan, azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar tuproqni faqat azot
bilangina emas, vitaminlar, fitogormonlar, bioregulyatorlar bilan
boyitadi.
Yomg‘ir chuvalchanglari yordamida
biogumus
olish keng yo‘lga
qo‘yilmoqda.
Biogumus tuproq eroziyasini kamaytiradi, uning hosildorligini
oshiradi, ekologik vaziyatni yaxshilaydi.
Keyingi yillarda biogumusdan hayvon oqsillari manbai sifatida
foydalanish, uni har xil hayvonlar ovqat ratsioniga qo‘shib berish
yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘simliklarning vegetativ ko‘payishiga asoslangan
to ‘qimalarni
sun’iy o ‘stirish
usuli istiqbolli o‘simlik navlari tez ko‘paytirishiga,
viruslar bilan zararlanmagan ko‘chatlarni yetishtirishda keng
qo‘llanila boshlandi
(53-rasm).
Mikroorganizmlarda ozuqa oqsil olish qishloq xo‘jalik hayvon-
larining mahsuldorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Masalan,
1 tonna achitqi 5—7 tonna bug‘doyni tejashga imkon beradi.
Ayniqsa, tibbiyotda biotexnologiya keng qo‘llanila boshlandi.



155
53-r a s m.


To‘qimani sun’iy o‘stirish yo‘li bilan o‘simlik olish.
Biotexnologik jarayonlar yordamida antibiotiklar, fermentlar,
aminokislotalar, gormonlar ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmoqda.
Masalan, o‘sish gormoni avval hayvonlar to ‘qimalaridan olinar
edi. Oz miqdorda gormon olish uchun juda ko‘p miqdorda hayvon
mahsuloti zarur edi va shu tufayli juda qimmatga tushar edi.
Biotexnologik jarayon arzon va samarali o‘sish gormonini olishga
imkon yaratdi.
Qandli diabetni davolashda ishlatiladigan insulin gormoni ham
hayvonlar oshqozon osti bezidan ajratib olinar edi. Bunday usulda
olingan gormon ko‘pincha yaxshi samara bermas, ko‘p asoratlar
kelib chiqishiga sabab bo‘lar edi. Hozirgi davrda insonning insulin
genini olish yo‘lga qo‘yilgan. Bu gen gen injeneriyasi orqali ichak
bakteriyasiga kiritilib inson insulin geni olinmoqda. Shunday qilib
bakteriyalar inson insulini gormonini sintezlab bermoqda.
Monoklonal antitelolarni sintezlovchi gibridomalar yaratilishi
kasallarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlarini kamaytir-
moqda. Ayniqsa yomon o ‘sma kasalligini endi boshlanayotganda
aniqlashda va davolashda monoklonal antitelolarning istiqboli juda
balanddir.
Vaksinalar biotexnologik jarayonlar bilan yaratilmoqda, bu esa
yuqumli kasalliklarning oldini olishda juda katta ahamiyatga
egadir.
Biotexnologiya usullaridan biri

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin