23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi
Aerodinamik shovqinlar. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida havo va suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga yuborish ishlari keng qo‘llanilmoqda. Bunday ishlar bajarish davrida havo bosimi hosil qilish va ularni uzatish shovqin darajasi kuchayishi bilan boradi. Masalan, ventilyatorlar, kompressorlar, gaz turbinalari, havo va bug‘ning bosimini oshib ketmasligini ta’minlovchi saqlash qurilmalari, ichki yonuv dvigatellar aerodinamik shovqin chiqarish manbalar hisoblanadi.
Demak, aerodinamik shovqinlarga aylanuvchi parraklar ta’sirida hosil bo‘lgan havodagi bosim har xil yo‘nalishlar bo‘ylab havoning keskin oshuvchi harakat yo‘nalishlarini vujudga keltiradi. Bu harakatlanayotgan oqimda har xil qarshiliklar tufayli aylanma harakat hodisalari vujudga keladiki, bunda harakatlanayotgan oqim sistemasida bir vaqtning o‘zida ham siqiluvchi, ham siyraklanuvchi qatlamlar vujudga keladi, bunday hodisalar navbatma-navbat takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan hosil bo‘lishi ham mumkin.
Bunday harakatlar, atrof-muhitga ovoz to‘lqinlari sifatida tarqaladi. Bunday tovush aylanuvchi tovush deb yuritiladi. Aylanuvchi tovushning chastotasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
bu erda: n - Struxal soni, tajriba yo‘li bilan aniqlanadi; V- oqimning tezligi, m/s; D - sharsimon va silindrsimon oqim yo‘naltiruvchilar uchun ularning diametrlari. Aylanuvchi tovush chastotasi ta’siridagi shovqin biror-bir murakkab formadagi to‘siqni aylanib o‘tganda tekis spektr hosil qiladi. Uning bosimi quyidagicha aniqlanadi.
Bunda: K - to‘siq formasi va oqim rejimiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; Cx - qarshilik koeffitsienti.
Ventilyatorlarning tarqatayotgan shovqin darajasi quvvatini aniqlaganda QMQ 11-12-77 asosida ish tutiladi. Bunda ventilyator hosil qilayotgan to‘liq bosim P (kgs/m2) va uning quvvatiga qarab (Q m3/s) shovqin darajasi tanlab olinadi.
Bu daraja har xil ventilyatorlar uchun =35 yoki 50 dBni tashkil qiladi.
Boshqa shovqin chiqaruvchi aerodinamik sistemalarda shovqinning xarakteri va chiqayotgan manbayiga qarab, shuningdek chastotalarini hisobga olgan holda umumiy maxrajga keltirilgan yig‘indi-shovqin darajasi aniqlanadi. Masalan, eng qattiq shovqin hosil qiluvchi kompressorlarda shovqin darajasi umumiy yig‘indi sifatida 135-145 dBni tashkil qiladi. Bunda so‘rish sistemasida chiqayotgan shovqin yuqori chastotadagi diskret to‘lqinlardir.
Gidrodinamik shovqinlar. Gidrodinamik shovqinlarga suyuqlikliklarni nasoslar yordamida bir joydan ikkinchi joyga yuborishda hosil bo‘ladigan shovqinlar, asosan, nasosning harakatlanuvchi qismlarining nosozligi va gidravlik zarbalar ta’sirida kelib chiqadigan shovqinlarni keltirish mumkin. Bu shovqinlarni yo‘qotishda mana shu shovqinlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni, ya’ni nasoslarning harakatlanuvchi qismlarining mutanosibligini ta’minlash, gidravlik zarbalar kelib chiqishini yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarur.
Elektromagnit shovqinlar. Elektromagnit shovqinlarning kelib chiqishi elektr motorlarida stator va rotorning o‘zaro magnit maydonlari hosil qilishlari natijasida rotor aylanib magnit maydonini kesib o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan to‘lqinlar elektromagnit shovqin sifatida tarqaladi. Bu shovqinlarni yo‘qotishda asosan elektr motorlarini konstruktiv o‘zgartirishlar bilan kamaytirishga erishiladi. Masalan, rotor yakorining to‘g‘ri pazlari o‘rniga qiyshiq pazlar o‘rnatish yaxshi natija beradi.
Elektr mashinalari ishlaganda, shuningdek aerodinamik shovqinlar ham chiqadi. Masalan, rotor aylanganda havoni keskin to‘lqinlanishi aerodinamik shovqin sifatida tarqaladi. Bundan tashqari mexanik shovqinlar ham bo‘lishi mumkinki, buni, masalan, elektr qabul qiluvchi shchetkalarni yaxshilab silliqlab o‘rnatish elektrodvigatel ishlaganda ajralayotgan shovqinni 6-10 dBga kamaytiradi.
2. Shovqin yo‘nalishini o‘zgartirish. Shovqin chiqayotgan manba agar biror-bir tomonga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning qarama-qarshi tomonida tovushning bosim darajasi 10-15 dBgacha kamaytirish imkoniyati bor. Bu hodisani ba’zi shovqin tarqatuvchi qurilmalarni, shuningdek sanoat korxonalarini loyihalash ishlarida shovqinga qarshi chora-tadbir sifatida foydalanish mumkin. Masalan, siqilgan gazlarni chiqarib yuboruvchi sistemalar, shamollatish va kompressorlarning chiqarish shaxtalari va h.k. lar ma’lum yo‘nalishda yo‘naltirilgan bo‘lishi yaxshi natija beradi. Bunda chiqarish trubalari albatta ish joylari va aholi yashash punktlaridan qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.