Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya



Yüklə 213,26 Kb.
səhifə2/17
tarix21.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#187632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH
Mundarija

KIRISH 2
ASOSIY QISM 5
1.1.Ishlab chiqarishda shovqinning yuzaga kelish sabablari va manbalari 6
1.2. Shovqinga qarshi kurash usullari va 8
1.3.Ishlab chiqarishda titrash. Titrashdan himoyalanish chora tadbirlari 21
1.4. Shovqin darajasini me’yorlashtirish va o‘lchash 28
METODOLOGI QISM 32
2.1.Shovqin va titrash intensivligi ko’rsatkichlari. 33
2.2. Shovqin va titrashning odamga ta’siri. 34
2.3. Shovqin va titrash ta’siridan saqlash. 35
HISOB QISM 38
3.1. Ishlab chiqarish korxonasi dvigateli shovqinini hisoblash 39
3.2. Korxonadagi lokal titrash parametrlarini hisoblash 40
XULOSA 42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 43



KIRISH


Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib ish sharoitlarini yaratib berishga qaratilgandir. Albatta, munosib ish sharoitini yaratish ilmiy-texnik taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yеngillashtirish bilan bir qatorda, turli xil xavfli faktorlarni vujudga keltiradiki, natijada har xil ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson yaxshi yashashni, уa’ni o‘zining moddiy-ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli inson tinimsiz faoliyatda bo‘ladi. Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun qoidalar, standartlar va ko‘rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o‘zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.
Shovqin – xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini yo'q qilish eng noqulay va qiyinlardan biridir. Shovqin nafaqat eshitishning qisman yoki to'liq yo'qolishiga olib keladi, balki butun tanaga, birinchi navbatda, markaziy va periferik asab tizimiga, yurak-qon tomir, endokrin va immun tizimlariga salbiy ta'sir qiladi. Bundan tashqari, shovqinning kuchayishi mehnat unumdorligining pasayishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni rad etishning ko'payishiga olib keladi, bu esa katta iqtisodiy yo'qotishlarga olib keladi. Shu sababli, texnologik asbob-uskunalarning shovqin va titrashini ruxsat etilgan maksimal qiymatlarga kamaytirish zamonaviy ishlab chiqarishning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor muammolaridan biri bo'lib, katta ilmiy, texnik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur. Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida mehnat qilish yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga erishiladi.
Yuqoridagilarning barchasi kurs loyiha mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin