23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi
3. Ishlab chiqarish korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan shovqin xususiyatlariga asosan, shovqin oraligi ortgan sari shovqin darajasi pasayishini ko‘rib o‘tgan edik. Ma’lum nuqtada shovqin darajasini pasaytirish uchun shovqin chiqaruvchi asbobni shu nuqtadan iloji boricha uzoqroq joylashtirish kerak.
Shuning uchun sanoat korxonalarining loyihalarini tuzganda shovqin chiqaruvchi sex va uchastkalarni, shovqin ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan uchastkalardan (masalan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan laboratoriyalar, zavod boshqarmalari, konstruktorlik bo‘limlari) bir-ikki joyga jamlagan holda qarama-qarshi tomonga joylashtirish tavsiya etiladi. Agar sanoat korxonasi shahar chegarasida, yoki aholi yashaydigan punktning o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, unda shovqin chiqaruvchi mexanizmlarni sanoat korxonasining o‘rtasiga joylashtirish tavsiya etiladi.
4. Xonalarga akustik ishlov berish. Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin darajasini ortib ketishiga shovqinning biror bir to‘siqqa, masalan, xonada devorlarga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to‘lqinlarini kuchaytirish ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun shovqin darajasini pasaytirishda to‘g‘ri kelayotgan tovush to‘lqinlarinigina emas, balki qaytgan tovush to‘lqinlarini ham kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun xona devorlari va shiftlariga shovqin yutuvchi materiallar qoplash yo‘li bilan ishlov beriladi; shuningdek, shovqin to‘lqinlari tegishi mumkin bo‘lgan zona maydonini oshirish maqsadida, har xil shovqin yutuvchi vositalardan qilingan plafonlar osish yaxshi natija beradi. Bunday chora-tadbirlar turkumiga akustik ishlov berish ishlari deyiladi.
Har qanday qurilish konstruksiyalari ma’lum miqdorda shovqin yutish qobiliyatiga ega. Shovqin yutuvchi materiallar sifatida foydalaniladigan qurilish konstruksiyalarining shovqin yutish koeffitsienti dan katta bo‘lishi sharti qo‘yiladi. Ishlab chiqarish umuman ishlatiladigan konstruksiyalar, masalan g‘isht va beton konstruksiyalarining tovush yutish koeffitsienti juda kichik,
Materiallarning shovqin yutishi asosan materiallar g‘ovaklarida tovush to‘lqinlari ishqalanish natijasida issiqlikka aylanishlari ro‘y beradi. Shuning uchun shovqin yutishda ishlatiladigan material g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga shovqin kelayotgan tomonga qaragan g‘ovaklar ochiq, ichki tomonlarida g‘ovaklar bir-biriga tutashgan bo‘lsa, yaxshiroq natijaga erishiladi. Shovqin yutuvchi materiallar asosan sintetik tolalardan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘rnatganda qalinligi atrofida bo‘ladi va bunday qoplamalarda shovqin o‘rta va yuqori chastotalari yaxshi yutiladi.
Xonadagi shovqin miqdorini shovqin yutuvchi materiallar yordamida kamaytirishni quyidagi formula yordamida topilada.
Bunda: va - binoning shovqin yutkich bilan jihozlamasdan oldin va jihozlangandan keyingi o‘zgarmas qiymatlari.
miqdorini QMQ 11-12-77 dan binolarning turlariga qarab qabul qilinadi yoki formula yordamida hisoblab topiladi. Bu erda - akustik ishlov bergunga qadar binoning shovqin yutuvchi ekvivalent maydoni; 1 - shu binoning shovqin yutish o‘rtacha koeffitsienti. Uni bilan topiladi. - binoning ichki yuzalari maydoni.
miqdor usulida topiladi. Bunda - binoning akustik ishlov berilgandan keyingi ekvivalent yuzasi, bu miqdor ga teng bo‘ladi.
Bu erda - akustik ishlov berish yo‘li bilan qo‘shilgan qo‘shimcha yutilgan tovush; 2 - akustik ishlov berilgandan keyin xonaning o‘rtacha shovqin yutish koeffitsienti, u ga teng bo‘ladi. Agar shovqin tovush yutuvchi plafonlar hisobiga kamaytirilgan bo‘lsa: bilan topiladi.
Bunda: - har bitta shovqin yutishning ekvivalent yuzasi; - shovqin yutkichlar soni.
5. Shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish. Bu usuldan yuqoridagi usullar yetarli natija bermagan holda foydalaniladi.
Shovqin chiqaruvchi mashina o‘rnatilgan xonadan sokin xonaga shovqin asosan o‘rtasiga qo‘yilgan to‘siq orqali, yoki to‘siqlarda bo‘lgan tirqishlar orqali va titrash sifatida pol orqali o‘tishi mumkin.
Shovqinni kamaytirishning asosiy vositasi, tovush yo‘lida to‘siqlar barpo qilishdir. Bu to‘siqlar devor, to‘siq, qopqoq, kabina va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunda asosan shovqin tarqalish yo‘lida to‘siqqa urilib qaytish xususiyatidan foydalaniladi. To‘siq orqali o‘tib ketayotgan shovqin, qaytayotgan shovqinga nisbatan kam miqdorni tashkil etadi.
To‘siqning shovqinni o‘tkazmaslik xususiyati tovush o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bilan ifodalaniladi:
,