Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya



Yüklə 213,26 Kb.
səhifə8/17
tarix21.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#187632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi

Ру - to‘siqdan o‘tgan shovqin bosimi;
Pk - to‘siqqa tushayotgan shovqin bosimi;
To‘siqning shovqin to‘sish miqdori bilan aniqlaniladi.
To‘siqlar bir qavatli va ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin. Bir qavatli to‘siqning shovqin to‘sish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi.
,
bunda:
m0 – 1 m2 to‘siqning massasi, kg;
f -chastota, Gs.
Bu formuladan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1) To‘siqning shovqin to‘sish qobiliyati uning massasi oshishi bilan orta boradi, masalan, agar to‘siqning og‘irligi ikki marta ortsa, uning shovqin to‘sish qobiliyati 6 dB ga ortadi.
2) Aynan bir xil to‘siqdan past chastotadagi to‘lqinlarga nisbatan yuqori chastotadagi tovushlarning o‘tishi kamayadi, ya’ni to‘siqlar yuqori chastotadagi tovushlar uchun samaraliroq bo‘ladi.
Shovqin so‘ndirish vositalari. Asosan aerodinamik shovqinlarni so‘ndirish uchun foydalaniladi.
Bunday shovqinlarni kamaytirishda turli-tuman so‘ndirish vositalaridan foydalaniladi. Bularni tanlash sharoitga, shovqin spektriga va so‘ndirilishi kerak bo‘lgan tovush chiqayotgan zonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Shovqin so‘ndirish vositalarini yutuvchi, reaktiv va kombinatsiya usullarga bo‘lish mumkin.
Yutuvchi so‘ndiruvchi vositaning asosiy xususiyati shundaki, u o‘zi orqali o‘tayotgan shovqinning o‘z tarkibiga o‘rnatilgan yutuvchi materiallar yordamida kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Reaktiv so‘ndirish vositasi esa shovqinni kelib chiqayotgan manbaga qaytarib yuboradi.
Kombinatsiya usulida ham yutish, ham qaytarish xususiyatlari birgalikda qo‘llanadi.
Shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari. Ba’zi bir texnologik jarayonlarda shovqin darajasini umumiy texnik vositalar yordamida kamayitirish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Masalan, shtampovka sexlarida, mixlarni qalpoqlash yo‘li bilan biriktirish sexlarida metall qirqish sexlarida, shuningdek ichki yonuv dvigatellarini sinovdan o‘tkazishda, shovqinni yo‘qotish, shuning bilan birga ishchilarning shovqin kasalliklariga tushmasliklarini ta’minlash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday hollarda ishchilar uchun shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarida shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalarti sifatida vkladish, naushniklar va shlemlardan foydalaniladi.



Vkladishlar. Bu paxtadan qilingan, quloq teshigiga o‘rnatishga mo‘ljallangan vositadir. Uning samaradorligini oshirish maqsadida ba’zi bir parafinga o‘xshash moddalar shimdiriladi. Bundan tashqari, qattiq moddalardan, masalan rezina, ebonit kabilardan yasalgan vkladishlardan ham foydalaniladi. Vkladishlar eng arzon va ishlatishga eng qulay vositalar hisoblanadi.

Lekin ularning samaradorligi oz, ya’ni 5 -20 dB gacha tovushni kamaytira oladi. Shuningdek, ba’zi hollarda noqulayligi quloq teshigini yallig‘lantirishi mumkinki, bu uning salbiy jihatlari hisoblanadi.





Naushniklar. Naushniklar quloqni yaxshi berkitadi va prujinalar yordamida ushlab turiladi. Naushniklar past chastotadagi tovushlarga nisbatan yuqori chastotadagi shovqinlardan yaxshi muhofaza qiladi.

Uning samaradorligi 7-38 dB atrofida bo‘ladi.

Shlemlar. Haddan tashqari katta shovqin sharoitida (120 dB dan ortiq) shovqin inson bosh miyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday hollarda naushnik va vkladishlar hech qanday foyda bermaydi. Shuning uchun bosh miyani muhofaza qiladigan shlemlardan foydalaniladi.




Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin