Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya



Yüklə 213,26 Kb.
səhifə11/17
tarix21.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#187632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi

Titrash kasalligi kasb kasalliklari toifasiga kiradigan kasallik bo‘lib, uni davolash asosan boshlang‘ich davrlaridagina natija beradi. Kasallikning orqaga qaytishi juda sekin boradi. Agar oldi olinmasa kishi ishga yaroqsiz holga kelishi mumkin. Bu kasallikning oldini olishning asosiy vositasi - ish joylarida titrash normalarini belgilashdir. Titrash normalari gigienik va texnik normalarga bo‘linadi.
Titrashning gigienik normalarini belgilaganda ish joylarida va titrashning qo‘lga yoki boshqa joylariga ta’siri asosida norma belgilanib, bu norma bo‘yicha ish bajarganda inson organizmda kasallikka chalinmaslik nuqtai nazaridan qaraladi.
Texnik normalar umuman titrash tarqatayotgan mashina va mexanizmning hozirgi zamon taraqqiyoti asosida titrashni yo‘qotish chora-tadbirlari sifatida belgilanadi.
Titrash normalari umumiy va qisman titrashlar asosida ayrim-ayrim holda baholanadi.
Umumiy titrash normalari bajarish xarakteriga qarab, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar uchun, titrash bilan bog‘liq sexlar uchun va titrashdan holi bo‘lgan zonalar uchun mashina va mexanizmlar turlari asosida belgilangan.
Ish joylarining titrash normasi belgilanganda (pol, mashinalarning asosi va boshqaruvchilar uchun o‘tirgichlar) titrash tezligining logarifmik darajasi o‘rta geometrik chastotalari 2, 4, 8, 16, 32, 63, Gs gacha belgilanadi. Qisman titrashda esa 16, 32, 63, 125, 250, 500, 1000 Gs gacha norma belgilanadi. Gigiena normalari 8 soatli ish vaqti uchun belgilanadi.
Titrashdan muhofazalanish shaxsiy himoya vositalari va titrashni o‘lchash asboblari. Qo‘lda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan elektr va pnevmatik asboblardan foydalanilganda ishchilarning qo‘llari orqali o‘tadigan titrash ta’sirini kamaytirish maqsadida shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi. Bunday vositalarga qo‘lqoplar, titrashdan saqlovchi plastina va prokladkalar kiradi. Bunday vositalarni qo‘lga o‘rnatib ishlatiladi. Shaxsiy himoya vositalariga qo‘yiladigan texnik talablar GOST 12.4.002-74 da aniqlangan.[belowError: Reference source not found]



Titrashning sovuq sharoitlarda ta’sir darajasining ortib ketishini hisobga olib ishchilarni qish vaqtida issiq kiyim va issiq qo‘lqoplar bilan ta’minlash tavsiya etiladi.
Titrash kasalliklarining oldini olish maqsadida ishlab-chiqarish sanoat korxonalarida titrash bilan bog‘liq bo‘lgan mashina va mexanizmlar bilan ishlovchi kishilar uchun maxsus ish rejimi tashkil qilingan. Masalan, qo‘lda ishlatiladigan titrash tarqatuvchi

mexanizm bilan ishlovchi ishchi sanitariya norma talabiga muvofiq umumiy ish smenasining 2/3 qismidan oshmagan miqdorda ishlashi mumkin.
Boshqa sanitariya gigienik omillar normada bo‘lsa titrash ta’sirida ishlayotgan ishchiga quyidagicha ish rejimi tashkil qilinadi. Bunda ovqatlanish uchun tanaffus 40 minutdan kam bo‘lmasligi bilan birga yana ikki marta chegaralangan tanaffus qilinadi. Bu tanaffuslar ish boshlangandan keyin taxminan 1-2 soat davomida 20 minut va tushlik tanaffusdan 2 soat o‘tgach 30 minut bo‘lishi kerak. Tanaffuslardan ishchi aktiv dam olishi uchun foydalanish kerak (masalan, maxsus gimnastika mashg‘ulotlari va boshqa saqlanish chora-tadbirlari).
Titrash tarqatayotgan mashinalarda ishlayotgan ishchilar uchun ularning ish ritmiga titrash bo‘lmagan texnolgik vazifalarni bajarish ishlarini ham qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.
Umumiy titrash ta’sirida ishlayotganlar maxsus oyoq kiyimi kiyishlari kerak (GOST 12.4.024-76).[Error: Reference source not found]

Ko‘plab ishlatiladigan o‘lchash asboblari orasida ISHV-1 va VIP-2 ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Chet el apparatlari ichida Daniyaning “Bril va K’er” firmasida ishlab chiqarilgan o‘lchash qurilmasi va GDR ning RFT apparati komplektini ko‘rsatish mumkin.



Titrashni muhofazalovchi vositalar (g'ovak rezina, parolon va boshqalar) bilan jihozlangan asboblardan foydalanish tavsiya etiladi. Rezina qo'lqoplar ham saqlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi.



Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin