Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Shovqin darajasini me’yorlashtirish va o‘lchash



Yüklə 213,26 Kb.
səhifə12/17
tarix21.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#187632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi

1.4. Shovqin darajasini me’yorlashtirish va o‘lchash


Shovqin darajasini me’yorlashtirish - shovqinni insonga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Shovqinning inson sog'ligiga ta’siri uning chastotasiga bog'liq bo'lganligi sababli har bir shovqin oktava polosasi uchun alohida ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan. Shovqinning eng yuqori ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, past ruxsat etilgan darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan. Masalan, eng kichik tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo'lib, u o'rtacha geometrik chastota 8000 Gts bo'lganda 30 dB deb qabul qilingan. Eng yuqori tovush bosimi esa doimiy ish joylarida, ishlab chiqarish binolari, mashina va traktorlarning kabinalari uchun belgilangan bo'lib, u o'rtacha geometrik chastota 63 Gts bo'lganda 99 dB ga tengdir. Tonal va impulsli shovqinlarda ruxsat etilgan shovqin darajasi keng polosali shovqinga nisbatan 5dB kamaytiriladi. Shovqin darajasiga va xarakteriga qarab, odam organizmiga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sir darajasining o‘zgarishiga shovqinning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham shovqin hamma uchun bir xil ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi.
Uncha katta bo‘lmagan shovqinlar (50-60 dB) ham inson asab sistemasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa bunday shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Bundan tashqari bunday shovqinlarning ta’siri har xil odamda har xil bo‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadi.
Bunday shovqinning ta’sir ko‘rsatishi odamning yoshiga, sog‘lig‘iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Shovqinning zararli ta’siri, shuningdek doimiy shovqinlardan farqliligiga, masalan, musiqa tovushlari, odam so‘zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishga olib keladi.
Ma’lumki, ba’zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi. Agar bu shovqinlar tunlarda bo‘lsa, og‘ir asoratli kasallarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar shovqin darajasi bunday hollarda 70 dB ga teng bo‘lsa, u bunday toliqqan bemorlar organizmida fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yosh va sog‘lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsiz deyish mumkin.
Agar shovqin darajasi 85-90 dB ga etsa, bunday shovqindan har qanday ishlayotgan odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayadi. Kuchli shovqin odam sog‘lig‘iga va ishlash qobiliyatiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, eshitish qobiliyati pasayadi, uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlash toliqishga, befarqlikka, shuningdek kar bo‘lishga olib keladi. Bundan tashqari shovqin ta’siridan ovqat hazm bo‘lish jarayoni buziladi, ichki organlar hajmi o‘zgaradi.
Shovqinning bosh miya qobig‘iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin sekinlashadi. Shuning uchun ham kuchli shovqin jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Masalan, shovqin ta’sirida shu uchastkada harakatlanayotgan mexanizmlar signallarini eshitmasdan ularning ta’siriga tushib qolish mumkin va h.k.
Shovqin darajasi qancha katta bo‘lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar ta’siri ham kattalashadi.
Har qanday shovqin natijasida paydo bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar oqibat natijada shovqin kasalligini keltirib chiqaradi.
Tovush to‘lqinlari bosh miya qobig‘i orqali o‘tish imkoniyatiga ega. Agar shovqin darajasi kichik bo‘lsa (40-50 dB), unda suyak orqali o‘tgan shovqin ta’siri uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bo‘lsa, unda uning ta’sir kuchi ortib ketadi va organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri keskin kuchayadi.
145 dB dan ortiq bo‘lgan tovush darajalarida odam qulog‘ining pardasi yirtilishi mumkin.
Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST) va GOST 12.4.287-2015 (“Eshitishning kamayishini aniqlash usullari”)ga asosan odam eshitish organining normadan chetga chiqqanini aniqlab, uni ma’lum mutaxassislikka yaroqliligini va shovqin ta’siri natijalarini aniqlash mumkin.


1-rasm. MA 25 audiometr

Eshitish qobiliyati audiometr yordamida aniqlanadi. Tekshirilayotgan odam tinch xonada naushniklar orqali berilayotgan toza tondagi ovozning turli intensivligini eshitadi. Xuddi shu vaqtda priborlar yordamida shu odam eshitayotgan ovozning minimal intensivligi belgilanadi.

Bu o‘lchovlar natijalari grafik bilan ifodalanadi va uni audiogramma deb ataladi. Bu diagramma orqali tekshirilayotgan odamning eshitish qobiliyati normal eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan egri chiziq bilan taqqoslanadi.
Shovqinning normalarini belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi:
1) Shovqinni chegara spektri asosida normalash;
2) Shovqinni dBA tovush darajasi orqali normalash.
Doimiy shovqinlar uchun birinchi usul asosiy normalash usuli hisoblanadi. Bunda shovqin bosimi darajalari 8 ta oktava oraliqlarda o‘rta geometrik chastotalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs larda normalanadi.
Shunday qilib, ish joylaridagi shovqin GOST 12.1.003-2014 da berilgan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshib ketmasligi kerak.
Olingan 8 ta tovush darajasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdori yig‘indisi “chegara spektri” deb ataladi. Shovqin chastotasi o‘sishi bilan shovqin darajasi kamayadi. Chunki katta chastotadagi shovqinlar yoqimsiz shovqinlar bo‘lganligi sababli yo‘l qo‘yiladigan miqdori kamayishi tabiiy.
Umumiy tovush darajalarining o‘rta geometrik chastotalar bo‘yicha dB da belgilanadigan miqdori va dBA bo‘yicha ekvivalent miqdori 8-jadvalda berilgan. Tonal va impuls tovushlar uchun bu jadvalda berilgan miqdor dBA ga nisbatan 5 dB ga kamaytirib hisoblanadi.
Har xil tovushlarning nisbiy birlikdagi (detsibeldagi) tahliliy solishtirma jadvali.

Inson qulog‘ining eshitish xususiyati bo‘yicha baholash

Shovqin darajasi, dB

Shovqin manbasi turi va shovqin o‘lchangan nuqtaning manbadan uzoqligi, m.

Garang qiluvchi

140-170
130

120
110





Reaktiv dvigeteli yonida.
Og‘rik sezish bo‘sag‘asi. Porshenli aviadvigatellar, (2-3 m.).
Bosh tepasidagi momaqaldiroq.
Yuqori quvvatli tez yurar dvigatellar (1 m). Parchinlash mashinasi (2-3 m). Juda ham shovqinli sex.

Juda ham baland

100

90


Simfonik orkestr, yog‘ochga ishlov berish stanoklari (ish o‘rnida).
Ko‘chadagi karnay, shovqinli ko‘cha, temirga ishlov berish stanoklari.

Yuqori

80

70


Radiopriyomnik (2 m).
Militsioner xushtaki (15 m).
Mashinalarda yozish xonasi.
Tinch gaplashish (1 m).
Katta magazin zali.

O‘rtacha

60
50

O‘rtacha shovqinli ko‘cha.
Engil mashina (10-15 m).
Yashash xonasi.

Kuchsiz

40
30
20

Shivirlash.
O‘quv zali.
Qog‘oz shitirlashi.
Kasallar yotadigan xona.

Juda kuchsiz

10

0


Shovqinsiz bog‘.
Zichlab bekitilgan xona.
Eshitish bo‘sag‘asi.














Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin