2.1.Shovqin va titrash intensivligi ko’rsatkichlari.
Shovqin va titrash intensivligining ko‘rsatkichlari. Korxona va qurilishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotganda shovqin va titrash paydo bo'ladi. Ishlayotgan maydalagichlar, tegirmonlar, kompressor hamda ventilyatsiya qurilmalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshqa jihozlar shovqin va titrashning asosiy manbalaridir. Shovqin va titrash elastik muhit zarralarining to'lqinsimon tarqaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga bog'liq. 16 Gsdan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish-tebranish kabi ta’sir qiladi. 16-20000 Gs chastotali tebranishlar shovqin hosil qiladi. Har xil shovqin manbalari hosil qiladigan tovush bosimining tahminiy darajalari quyidagiga teng (dB):
pnevmatik asbob ishlaganda (1 m masofada)
110-120
kompressor stantsiyasi ishlaganda
110
metall qirqish stanoklari ishlaganda (ish o'rnida)
Shovqin kuchining kattaligi insonning shovqinni his etishini xarakterlay olmaydi, chunki shovqinning fiziologik his etilishi faqat uning intensivligiga emas. balki chastotasiga ham bog'liq. Shu sababli shovqinning balandligi tushunchasi kiritilgan. Turli manbalardan chiqadigan shovqinning balandlik darajasini miqdoriy baholashda 1000 Gs chastotada shovqin bilan solishtirish usuli qo'llaniladi. Buning uchun shovqin kuchining darajasi shartli ravishda balandlik darajasiga teng qilib olingan. Shovqin kuchining darajasi ortganda shovqinning balandlik darajasi pasayadi. Shovqin kuchining darajasi 80 dB dan yuqori bo'lganda uning balandligi chastotasiga deyarli bog'liq bo'lmaydi. Shovqin parametrlariga o'xshash bo'lgan titrash parametrlari quyidagi munosabatdan (nisbatdan) aniqlanadi: