Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Mavzuning vazifa va maqsadlari



Yüklə 213,26 Kb.
səhifə3/17
tarix21.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#187632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi

Mavzuning vazifa va maqsadlari. Ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlarda yuzaga keladigan shovqin turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta’siri, shovqin ta’siridan himoyalanish yo’llari bilan tanishish, shovqin darajasini aniqlash va ish joyini baholash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Mavzuning obyekti va predmeti. Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarida qulay va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish oliy maqsad va o’rinda qo’yildi. Ishchilarga ta’sir o’tkazadigan omillardan biri bu ishlab chiqarish korxonalaridagi titrash va shovqin misolida ko’rib chiqamiz. Tashqaridan qaraganda arzimasdek ko’ringan bu ta’sirlar inson sog’lig’iga, uning qulay mehnat sharoitda ishlashiga qay darajada ta’sirini ko’rish mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va titrash mehnat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha me’yoriy hujjatlarda tavsiya etilgan usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Mavzuning farazlari. Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida eshitish a’zosi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi.
Shovqin, har xil chastota va tezlikka ega bo’lgan tovushlar yig’indisi bo’lib inson organizmiga noxush ta’sir etadi. Shovqin manbalariga kompressorlar, havo almashtirgichlar, maydalovchi va saralovchi qurilmalar, quvurlarda yuqori bosimda o’tayotgan suyuqlik va gaz aralashmalarining yuqori tezlikdagi harakati kiradi. Shunday ekan shovqin, titrash kabi arzimasdek ko’ringan dolzarb muammoni kamaytirish, bartaraf etish har bir sanoat korxonalarida tortib har qanday faoliyatda ham eng ahamiyatliliginini yo’qotgan emas. Har bir dunyo mamlakatida bu xavfli omillar ta’siri kategoriyalarga ajratilib, bartaraf qilish choralari ishlab chiqilgan. Qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Chunki davomli shovqin ta’sirida insonning eshitish qobiliyati pasayib borib, xattoki kar bo’lib qolishi mumkin. Shovqin avvalo inson markaziy asab sistemasiga ta’sir etib, uning ko’rish, fikrlash qobiliyatini pasaytiradi va charchashini tezlashtirib, jarohatlanishga olib keladi.

Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin