Kurs loyihasi tuzilmasi. Kurs loyihasi 35 betdan iborat. Asosan kirish, asosiy qism 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib 1-bobda shovqin va titrash haqida umumiy ma’lumotlar, ishlab chiqarishda shovqin va titrashning yuzaga kelish sabablari va manbalari va muhofaza qilish chora tadbirlari keltirib o'tilgan. 2-bobda …
Shovqinning fizik xususiyatlari. Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo‘lgan havoning elastik titrashi harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to‘lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan titrash hosil qiladi va bu titrash tezligi to‘lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo‘ladi.
Gazsimon muhitda shovqin tezligi quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: - gaz adiabati ko‘rsatgichi (havo uchun ); - gazning bosimi; - gazning zichligi.
Normal atmosfera sharoitida ( va ) tovush tezligi havoda 344 m/s ga teng.
Tovush to‘lqinlari ma’lum chegaragacha tarqalishi mumkin. Mana shu chegara oraliq tovush maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o‘zgarib turadi. Bir lahzada kuzatilgan havo to‘liq bosimining ta’sir kuchidan holi bo‘lgan havoning o‘rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan belgilanadi. Tovush bosimining o‘lchov birligi Pa. Odam qulog‘iga tovush bosimining o‘rta kvadrat miqdori ta’sir qiladi.
Shovqin to‘lqinlari tarqalganda ma’lum miqdordagi energiya bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chiriladi. To‘lqin tarqalayotgan normal yo‘nalishning keltirilgan yuza birligiga vaqt birligida muhitning qandaydir nuqtasidagi o‘rtacha energiya oqimi tovushning shu nuqtadagi intensivligi deb ataladi va bilan belgilanib, bilan o‘lchanadi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda keng qo‘llaniladigan tovush intensivligi va tovush bosimi birliklari juda katta chegaralarda o‘zgarib turadi (masalan, intensivlik 1016 marta, bosim esa 108 marta). Odam qulog‘i tovushning mutlaq o‘zgarishini emas, nisbiy o‘zgarishini farqlaydi.
Shuning uchun tovush birliklarini aniqlash uchun tovush intensivligi va bosimning darajasi birligi kiritilgan. Bu birlik odam qulog‘i eshitishi mumkin bo‘lgan eng minimal tovush intensivligi va bosimiga asoslanib, bu birliklar va ni tashkil qiladi.
Bundan agar bo‘lsa, bu miqdor bir (Bel) B deb qabul qilingan.
, va h.k.
Odam qulog‘i B birlikdagi tovushning o‘ndan birini ham yaxshi farqlaydi. Shuning uchun korxonalarda shovqinni o‘lchashning dB birligi qabul qilingan.
Tovush darajasi quyidagicha aniqlanadi:
, dB
Tovush bosimi bo‘yicha esa,
Tovush darajasini intensivligi bo‘yicha aniqlash, asosan akustik hisoblash ishlarida qo‘llaniladi, bosim bo‘yicha aniqlash esa shovqinni o‘lchash va uning inson organizmiga ta’siri darajasini belgilaganda qo‘llaniladi. Chunki inson organizmi shovqinning intensivligini emas, bosimning o‘rta geometrik miqdorini sezadi.
Agar biron-bir nuqtaga bir necha manbaning shovqini ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ularning darajasi emas, balki intensivligi qo‘shiladi.
Ularning darajalarini aniqlashda esa, ayrim-ayrim olingan intensivliklarning minimal eshitilish miqdoriga nisbati olinadi:
,
yoki
Bu ko‘rilgan ifodalarning amaliy ahamiyati ishlab chiqarish korxonalarida shovqinni kamaytirish vaqtida yaxshi bilinadi. Chunki agar korxonada o‘rnatilgan bir necha shovqin manbayi bo‘lgan taqdirda, ularning bir nechasining shovqini kamaytirilsa, u umumiy shovqin darajasiga hech qanday o‘zgarish kiritilmasligi mumkin. Ammo ish joylarida har xil shovqin chiqaruvchi mexanizmlar bo‘lsa, unda birinchi navbatda eng kuchli shovqin chiqaruvchi sistemani kamaytirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Agar biror ishlab chiqarish korxonasida bir xil darajada shovqin chiqaruvchi bir necha mexanizm o‘rnatilgan bo‘lsa, unda umumiy shovqin darajasi quyidagicha aniqlanadi:
L1 - bitta mashina chiqaryotgan shovqin.
Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, ikkita bir xil shovqin chiqaruvchi manbaning shovqini bittasinikiga nisbatan 3 dB ortiq bo‘ladi.
Odam qulog‘i ma’lum chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyatiga ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan diapazonni tashkil qiladi. 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta bo‘lgan chastotadagi tovushlarni odam qulog‘i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultratovushlar deb ataladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o‘rta geometrik chastota oraliqlari belgilangan.
O‘rta geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlar berilgan), 125 (90-180), 250 (180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-2800), 4000 (2800-5600), 8000 (5600-11200).
Shovqinlar GOST 12.1.003-83 ga asosan spektral va vaqt bo‘yicha tavsiflariga asosan sinflarga bo‘linadi.
Spektr bo‘yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) va keng polosali (reaktiv dvigatel tovushi) bo‘lishi mumkin.
Vaqt bo‘yicha tavsifiga esa uning doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha o‘zgarsa) va o‘zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq o‘zgarsa) hisobga olinadi. O‘zgaruvchan shovqinlar o‘z navbatida vaqt birligida uzluksiz (impuls) bo‘lishi mumkin.