23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi
2.2. Shovqin va titrashning odamga ta’siri.
Shovqin va titrashning odamga ta’siri va sanitariya normalari. O'lchash jihozlari. Shovqin va titrash odamning ishlash qobiliyatiga yomon ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin ta’sirida diqqat-e’tiborning va reaksiya tezligining pasayishi avariyalarga olib kelishi mumkin. Yuqori chastotali shovqin va titrash ishlovchilarga ayniqsa yomon ta’sir qiladi. lntensiv shovqin (95-100 dB) uzoq vaqt ta’sir etganda ayrim ishchilaming boshi og'riydi yoki aylanadi, uning o'zi qattiq charchaydi, tez jahli chiqadi. Keyinchalik eshitish a’zolari kasallanadi (quloq bitib qoladi, eshitish qobiliyati pasayadi va hokazo). Shovqin va titrash birgalikda odamga bundan ham yomon ta’sir qiladi. Muayyan parametrli titrash uzoq vaqt ta’sir etganda ishlovchilar organizmining, asosan, periferik va markaziy nerv tizimining faoliyati buziladi. Odam holsizlanadi, qo'llarida og'riq paydo bo'ladi (ayniqsa, dam olayotganda, tunda). Barmoqlar tomiri tortishib, uyushib qolishi, sovuqda esa qo'llar ko'karib, og'rishi mumkin. Jihozlar yetarli darajada vibroizolyatsiyalanmaganda, mashinalar konstruktsiyasida kamchiliklar bo'lganda paydo bo'ladigan umumiy titrashda, ishlovchilar balandlikka chiqayotganlarida va tushayotganlarida (ayniqsa ish smenasining ikkinchi yarimida) ularda qisqa muddatli bosh og'riqlar, bosh aylanishi paydo bo'ladi, oyoqlari og'riydi. Keyinchalik titrash ta’sirida keskin charchash, ishtaha yo'qolishi va juda ozib ketish kuzatiladi. Shovqin va titrashning zararli ta’sirini cheklash uchun korxonalarda tovush bosimining (dB) va titrash parametrlari kattaligining yo'l qo'yilgan chegaraviy darajalari o'rnatilgan (SN 245-71).
Ishlab chiqarish xonalaridagi doimiy ish o'rinlarida va qurilish joylarida past chastotali (250 Gs va undan past)shovqin uchun shovqin darajasi