23 20 MMTX talabasi Baxromov Og\'abek kurs loyihasi
2.3. Shovqin va titrash ta’siridan saqlash.
Shovqin va titrash ta ’siridan saqlanish. Ishlovchilar intensiv shovqin va titrash ta’siridan asosan quyidagi usullar bilan saqlanadi:
shovqin hamda titrashni ularning paydo bo'lish manbalarida yoki ularning tarqalish yo'llarida kamaytirish;
individual himoya vositalari va tashkiliy tadbirlar orqali.
Shovqin va titrashni ularning paydo bo'lish manbalarida kamaytirish uchun quyidagi texnik tadbirlarni amalga oshirish mumkin:
zarbli jarayonlar zarbsizlari bilan almashtirish;
dumalash podshipniklari o'rniga sirpanish podshipniklari qo'yish;
tasmali uzatmalar ponasimon tasmali uzatmalar bilan almashtirish orqali. Bulardan tashqari, jihozlarni o'z vaqtida remont qilib turish ham zarur (yeyilgan detallami muvozanatlash, almashtirish, muntazam moylab turish va hokazo). Shovqin va titrashni ularning tarqalish yo'lida kamaytirish uchun tovush izolyatsiyasi va vibroizolyatsiya, tovush yutish va vibroyutish, shovqin so'ndirgichlar qo'llaniladi. To'suvchi qurilish konstruktsiyalari, kabinalar, kojuxlar tovushni izolvatsiyalash vositalari hisoblanadi. Chunonchi. shovqinni pasaytirish uchun binolarga shisha bloklardan bir yoki ikki qavat qilib yorug'lik proyomlari o'rnatiladi, eshik o'rinlari tamburlar bilan jihozlanadi, og'ir polotnoli va perimetri bo'ylab zichlangan eshiklar o'rnatiladi.
Eng ko'p shovqin chiqaradigan mexanizmlar yoki kuchli shovqin chiqaradigan uzellar po'latdan. alyuminiy qotishmalari. shisha plastikdan tayyorlangan kojuxlar bilan berkitilishi kerak. Kojux va xonalarning tovush izolyatsiyasi sifatida tovush yutuvchi materiallar ishlatiladi.
Shunday qilinganda yuqori chastotalar diapazonidagi tovush bosimi darajasi 15-22 dB ga pasayadi. Tovush yutuvchi materiallar (qoplamalar) jumlasiga akustik plitalar va g'ovak to'ldirgichli teshik-teshik (perforatsiyalangan) konstruktsiyalar kiradi. Akustik plitalarni purkagich yordamida suvli bo'yoqlar bilan yupqa qilib bo'yashga ruxsat etiladi. Keyingi vaqtda shovqinni pasaytirish uchun xonalarga shar, kub, prizma va boshqa ko'rinishdagi donali tovush yutkichlar qoplanmoqda. Ular ishlab chiqarish xonasida shovqin darajasini 5-6 dB ga pasaytiradi. Shovqinga qarshi kurashning eng oddiy va tejamli vositalaridan biri ekranlardir. Ulardan mexanika sexlarida kompressorlar va boshqa jihozlardan chiqadigan shovqindan himoyalashda foydalaniladi. Ekranlar shisha tolasi qoplangan metalldan. PA/S. «Akmirgan» tipdagi standart akustik plitalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Shovqin va titrashga qarshi kurash vositalaridan biri titrashni so'ndirishdir. Buning uchun titrashlanadigan sirtga ko'chib ketmaydigan qilib elastik-qovushoq materiallar qatlamlari surtiladi. Masalan, devorining qalinligi 1 mm bo'lgan ventilyatsion havo trubasining titrashlarini kamaytirish uchun uning sirtiga 3-5 mm qalinlikda titrashni so'ndiruvchi qoplama (bitum bilan yopishtirilgan ruberoid qatlami, asbest chilviridan qilingan momiq qatlami) qoplash zarur. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga shovqin va titrashning ta’sirini kamaytirishda individual himoya vositalari ishlatiladi. Ular jumlasiga:
tashqi antifonlar (naushniklar);
ichki antifonlar (turli vkladishlar-«berushi» paxtasi bo'laklari. g'ovakli rezinadan qilingan probkalar va hokazo) kiradi. Quloqqa tig'iz tiqilgan vkladish va naushniklar yuqori chastotali shovqinni 15-30 dB ga pasaytiradi;
ikki qatlamli (ip gazlama va rezina) hamda porolondan tikilgan vibroso‘ndiruvchi qo'lqoplar;
tagi qalin (mikrog'ovakli rezinadan ishlangan taglikli) poyabzal ham keng ishlatiladi.
Ishlab chiqarishda shovqin va titrashga qarshi kurashga oid tashkiliy tadbirlar jumlasiga qurilish industriyasi korxonalarida ratsional mehnat va dam rejimlari yaratishga qaratilgan har xil davolash hamda sanitariya-profilaktika tadbirlari, dastlabki va davriy tibbiy ko'riklari o'tkazish kiradi. Chunonchi, sanitariya normalari talablariga javob beradigan dastakli mashinalar bilan ishlaganda titrash ostida ishlashning jami vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo'lmasligi, ya’ni 5 soat 20 minutdan oshmasligi kerak. Bunda ikki marta tanaffus belgilash tavsiya qilinadi:
birinchi tanaffus smena boshlangandan 1-2 soat o'tgach (20 min);
ikkinchisi esa tushki tanaffusdan 2 soatdan so'ng o'tkaziladi. 5-10 min tanaffuslar bilan 15-20 minutdan ishlash lozim.