boshqa mexanizmlarga uzatuvchi qurilmalar uchun), turbina,
kompressor va
maxsus maqsadlar uchun qo'llaniladigan moylarga bo'linadi. Surkov moylarining
sifati ularning surkash qobiliyati,
qovushoqligi, qotish va yonish harorati
barqarorligi, zichligi kabilar bilan belgilanadi.
Neftni haydashda undan ≈5 – 20% miqdori benzinga aylanadi. Bu miqdor
bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan texnika talablarini bajara olmaydi.
Neftdan olinadigan benzin miqdorini
kreking jarayoni hisobiga oshiriladi (kreking
– ingilizcha parchalanish deganidir). Kreking jarayoni
natijasida neft tarkibidagi
yuqori molekulyar uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulyar uglevodorodlar
hosil bo’ladi. Kreking jarayonida neftdagi uglevodorodlar
parchalanishi bilan bir
qatorda degidratlanish, sikllanish, izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar yuz
beradi.
Neft asosan ikki xil usulda
termik va katalitik usulda krekinglanadi.
Dostları ilə paylaş: