183
Agar uncha qalin bo’lmagan neftli va
suvli (interval) qatlar qavatlangan bo’lsa, u
holda bu ikki qatlar yagona ob’ekt sifatida
ishlatiladi. Bunda suvli qatlamdan ko’p
miqdorda suv chiqarib olinadi.
Neftli
qatlamning yer yuzasiga chiqib qolgan
qismida
atmosfera
suvlarining
to’planishidan ustki chekka suvlar hosil
bo’ladi. Bunday hodisa Apsherondagi neft
konining Shirvan gorizontida kuzatilgan.
Neftli qatlamning
yer yuzasiga chiqib
qolgan bosh qismida ustki chekka suvlar
tarkib topgan bo’lsa, geologik qidiruv
ishlarini qatlamning pastga egilgan qismi
tomon yo’naltirish maqsadga muvofiq.
CHunki neftli qatlamning yer yuzasiga chiqib
qolgan qismida ustki
chekka suvlarning hosil
bo’lishi qatlamda neft uyumi bo’lmaydi degan
xulosaga olib kelmasligi kerak. Ustki suvlarni
neftli qatlamdan ajratish zarur.
Samarador neft qatlami ostida joylashgan
va o’zidan suv o’tkazmaydigan jinslar bilan
o’ralgan suvli
gorizontdagi ostki suvlarni
quduqlar bilan ochish kerak emas. Agar ular
tasodifan ochib yuborilsa, u holda quduq
tubini sementlab,
bunday suvlarni ajratish
kerak bo’ladi.
Yuqori bosimli suvlar qatlamlardagi
tektonik darzliklar bo’yicha harakatlanib
neftli
qatlamlarning
yuqori
qismida
to’planishi yoki neftni siqib chiqarib, o’rnini
butkul egallashi mumkin.
Neftli
qatlamning
yuqori
bosh
qismining tektonik
suvlar bilan qoplanishi
(7.27-rasm) Turkmaniston Respublikasining
Nebit-Dag, Balaxona-Sabunchi-Ramana va
boshqa neft konlarida kuzatilgan.
Qatlamda
tektonik
suvlar
mavjud
bo’lganda qatlamning buzilish yuzasi bilan
tutash qismiga yaqin joyda qazilgan razvedka
quduqlaridan olingan ma’lumotlar bo’yicha
uning neftliligi to’g’risida
xulosa chiqarish
mumkin emas. Bunday hollarda tutash
zonalardan uzoqroqda qatlamning egilishiga
Dostları ilə paylaş: