Geologiyasi


 Yer osti suvlari tasnifi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə126/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.3.3. Yer osti suvlari tasnifi 

Neft va gaz konlarining yer osti suvlari neft va gaz konlariga nisbatan geologik



maydoniy joylashishiga qarab tasniflanadi. SHunga ko’ra neft konlaridagi yer osti
suvlari

grunt (odatda bosimsiz suvlar), bosimli qatlam va tektonik yoriqlar
suvlariga ajratiladi.



181
Grunt suvlari yer yuzasidan unchalik


chuqur bo’lmagan, birinchi suvto’sar
qatlamda joylashadi. Ularning ishlatish
rejimi
gidrometeorologik
sharoitlarga
bog’liq. Bosimli qatlam suvlari (7.22-rasm)
neftli
qatlamlarga
nisbatan
geologik-
maydoniy joylashishiga qarab quyidagicha
bo’linadi (A.A. Kartsev, 1963): 1) ostki
chekka (chegara) suvlar

neft uyumining
pasaygan joyida, ostida joylashib, uni to’liq
o’rab ololmaydi; 2) ostki suvlar

neft
uyumi ostida joylashib, struktura bo’yicha
uni to’liq o’rab oladi; 3) interval suvlar

neft va gazli qalin qatlamlar ichida
joylashgan singuvchi qatlardagi suvlar
bo’lib, yagona ishlatish ob’ekti hisoblanadi;
4) ustki chekka suvlar

neft va gaz uyumi
bo’lgan qatlamlardagi suvlar bo’lib, bular
uyumning ustida joylashadi; 5) ustki suvlar

qatlam suvlari bo’lib, neft va gazli
qatlamlar ustida yotadi; 6) qatlam ostki
suvlari

neft-gazli qatlam ostida yotuvchi
suvli qatlamlardagi suvlar; 7) tektonik
suvlar

yoriq
suvlari

neft-gazli
qatlamlarni kesib o’tgan diz’yunktiv
yoriqlardagi suvlar; 8) bog’langan suvlar,
asosan kapillyar suvlar

qatlamning neft
va gazga to’yingan qismida joylashadi; 9) sun’iy qo’shilgan suvlar

neft-gazli
qatlamni burg’ilashda, ta’mirlash ishlarida, qum tiqinini yuvishda qo’shiladigan
suvlar. Qatlam bosimini tiklash uchun qatlamga suv haydalganda bunday suvlar
qisman chekka, ostki, interval suvlar o’rnini egallashi, ba’zan mustaqil o’rin egallashi
mumkin (masalan, chegara ichra suv bostirishda) (7.23-rasm).
Ostki chekka suvlar mavjud bo’lganda neft-suv tutash yuzasining holati (7.24-
rasm) neftlilikning tashqi (qatlamning ustki qismi bo’yicha) va ichki (qatlamning
ostki qismi bo’yicha) chegarasini aniqlaydi.
Neftlilikning ichki chegarasida joylashgan qatlam bo’y baravariga, ya’ni ostki
qismidan ustki qismigacha neft bo’ladi. Neftlilikning ichki va tashqi chegarasi
oralig’ida joylashgan qatlamning ustida neft, ostki qismida suv bo’ladi va bu
chegaraoldi zonasi deb yuritiladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin