Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə135/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.31-rasm. R
n
(R
s
, R
g
) parametrlari bilan jinsning 
neftga, suvga, gazga to’yinish koeffisientlari (k

, k
s
, k
g
) oralig’idagi bog’liqlik:
1 – qum-
gilli jinslar; 2 – karbonat jinslar (Arshie bo’yisha);

– jinsning solishtirma elektr qarshiligi;

n
- neftga to’yingan jinslarning solishtirma elektr qarshiligi;

g
– gazga to’yingan jinslarning
solishtirma elektr qarshiligi;

s
– 100% suvga tuyingan jinslarning solishtirma elektr qarshiligi;
r
n
– qarshilikning ortish koeffisienti

8-bob.
NEFT-GAZLI QATLAMLARNING ENERGETIK



194
XUSUSIYATLARI 

Qatlam energiyasining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi: chekka suvlar,
qatlam osti suvlari, gaz va gaz qalpog’i bosimi; eritmadan gaz ajralib chiqishi paytida
neftda erigan gaz bosimi; og’irlik kuchi; qatlam va uni to’yintiruvchi neft, suv va gaz
tarangligi va b. Bu kuchlar alohida-alohida yoki birgalikda namoyon bo’lishi
mumkin.
8.1. QATLAMNING BOSIMI 

Neftli qatlamning energetika resurslari undagi mavjud bosim bilan tavsiflanadi.


Bosim qancha yuqori bo’lsa, boshqa bir xil sharoitlarda energiya zaxirasi ko’p va
neft zaxirasidan shunchalik to’liq foydalanish mumkin bo’ladi.
Neft uyumini ishlatish jarayonida energetika resurslarining talaygina qismining
kamayishi kuzatiladi, neftning hali katta qoldiq zaxirasi bo’lishiga qaramay, uning
qatlam bo’ylab quduq tubi tomon harakatlanishi sekinlashadi va oqibatda uyumdagi
mavjud neft zaxirasini to’liq chiqarib olishning iloji bo’lmaydi.
Neft va gazni qatlam bo’ylab, quduq tomon harakatlantiruvchi kuch

bu quduq
tubi bosimi hamda qatlam bosimlari orasidagi farqdan hosil bo’lgan kuchdir.
Bir uyumning turli nuqtalaridagi qatlam bosimi qiymatlari har xil bo’ladi. Ular
konni ishlatish jarayonida vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Neft va gaz uyumlarining
zaxiralarini hisoblash, loyihalash, shuningdek, ishlatish va nazorat qilish uchun
quyidagi bosim turlari o’rganiladi:
1) qatlam bosimi

qatlamning ishlayotgan qo’shni burg’ quduqlarining
depressiya voronkasi ta’siridan holi bo’lgan ma’lum bir nuqtasidagi bosim.
2) qatlamning boshlang’ich bosimi

qatlamdagi statik muvozanat buzulgunga
qadar, ya’ni quduqning ushbu qatlamni ochib, undan sezilarli miqdorda qatlam
flyuidini chiqarib olgunga qadar mavjud bo’lgan bosimi.
3) qatlamning joriy statik bosimi, yoinki quduqda nisbiy statik muvozanat
o’rnatilgandan so’ng, quduq tubidagi u yoki bu vaqt holatiga ko’ra o’lchangan statik
bosim.
4) quduqning dinamik bosimi

ishlayotgan quduqning tubidagi o’lchangan
bosim.
5) qatlamning dinamik bosimi

ishlayotgan qatlam bosimi yoki ishlayotgan
quduq tubida statik muvozanat yo’q sharoitdagi bosim.
Haqiqiy qatlam bosimini aniqlash murakkabligi bois quduq tubi bosimi
o’lchami qiymatini odatda
qatlam bosimi
deb yuritiladi.
Yonma-yon ishlayotgan quduqlardan biri to’xtatilgandan so’ng, unda o’lchangan
quduq tubi statik bosimi aslida qatlamning dinamik bosimi hisoblanadi. Bu boshqa
quduqlar ishlashini davom ettirayotgani va qatlamda mutlaq statik muvozanat
o’rnatilmaganligi bilan izohlanadi. Qatlamning odatdagi statik bosimini aniqlash
uchun uyumda ishlatilayotgan barcha quduqlarni to’xtatish lozim bo’ladi. Lekin bu
vazifa amalda deyarli bajarilmaydi. SHuning uchun ham nisbiy statik muvozanat
o’rnatilgan va ishlashi to’xtatilgan quduqlarda o’lchangan bosimni bundan buyon



195
shartli ravishda qatlamning



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin