Geologiyasi


 Struktura xaritalarini tuzish



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə54/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.4. Struktura xaritalarini tuzish 

Struktura xaritasi biron-bir qatlam, svita usti yoki tagi, intruziv jinslar, rif


massivlari yuzasi va sh.k. mutlaq balandliklari qiymatining maydon bo’ylab
taqsimlanishini ma’lum masshtabda ifodalaydi. Struktura xaritasi topografik asosda,
zarur masshtabda tuziladi. Xaritada asosan mutlaq balandliklarning bir xil nuqtalarini
birlashtiradigan chiziqlar

izogipslar ko’rsatiladi.
Struktura xaritasi yer yuzasi relefini ifodalaydigan topografik xaritalardan
farqlanadi. Struktura xaritasi tuzilishida turli gorizontlar aks etadi, unda gorizontal
chiziqlar vositasida qandaydir biror gorizontning ustki qismi yoki tubining yer osti
relefi o’z ifodasini topadi va razvedka quduqlarining aniq loyihalanishini
ta’minlaydi. Neft va gaz uyumlarini tadqiq qilishni osonlashtiradi, chunonchi
strukturalarning
turli
uchastkalarda
mahsuldor
qatlamlar
xususiyatlarining
(g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi, qalinligi, qatlam bosimining tarqalishi va sh.o’.)
o’zgarib borishini o’rganishga imkoniyat beradi.
Struktura
xaritasini
tuzishda
(5.14-rasm)
dengizning sathi
bazis tekisligi
deb qabul qilinadi.
Bundan boshlab yer osti relefining gorizontallari
(izogipslari) o’lchanadi. Izogipsning dengiz sathidan
pastdagi belgisi manfiy (minus) deb belgilanadi, dengiz
sathidan balanddagisi musbat (plyus) belgisi bilan
ifodalanadi. Balandligi bo’yicha bir-biriga teng bo’lgan
izogipslar oralig’idagi masofa
izogips kesimi
deb
ataladi. Masalan, 5.14-rasmdagi izogips kesimi 100 mga
teng. Qiya og’gan qatlamlar bo’yicha tuzilgan struktura
xaritasining izogipslari kesimi odatda kam (2-5 m ga
teng) qilib olinadi. Geosinklinal oblastlardagi tik og’gan
qatlamlarda izogips kesimi 10-25 m va undan ortiq
bo’ladi. Izogipslar qatlam yo’nalishini anglatadi. Bir xil
burchak ostida og’gan qatlamlarning izogipslari
orasidagi masofa bir xil bo’ladi. Qatlamlarning og’ish burchagi kamayganda
izogipslar bir-biridan uzoqlashadi va aksincha, og’ish burchagi ko’paygan sari ular
bir-biriga yaqinlashib boradi.
Konchilik amaliyotida struktura xaritasi asosan ikki usulda tuziladi:
1) uchburchaklar usuli, kam buzilgan yoki buzilmagan strukturalar mavjud
bo’lganda samarali ishlatiladi.
2) kesmalar usuli, odatda kuchli buzilib ketgan strukturalar bo’lganda ishlatiladi,
shuningdek, mazkur usul uchburchaklar usuli bilan ham birgalikda qo’llaniladi.
Struktura xaritasini tuzishda quyidagilarni bajarish lozim:

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin