Geologiyasi


 Izoxor (o’xshashlik) xaritasini



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə61/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.4.4. Izoxor (o’xshashlik) xaritasini 
tuzish 
2 rasm. Balandlik «arfasi»
(A.M.Agadjanov, 1958)
5.23 rasm. Struktura xaritasini tuzish
(A.M.Agadjanov, 1958): 1 – qatlamning
ustki qismi bo’yisha struktura
izoshiziqlari; 2 – qatlam izopaxitalari



88


Ikki tayanch qatlamlarning struktura xaritalarini o’zaro mos tushmasligi ushbu
qatlamlar oralig’idagi masofani maydon bo’ylab o’zgarishini ko’rsatadi. Ikki qatlam
oralig’idagi masofalar o’zgarishini ifodalovchi chiziqlar izoxor chiziqlari deb ataladi.
Izoxor xaritasi ikki: yuqoridagi va pastdagi tayanch gorizontlar orasidagi stratigrafik
interval miqdori o’zgarishini aks ettiradi. Qatlamlar bo’yicha tuzilgan struktura
xaritalari bir-biriga o’xshamasligi mumkin. Bunday holat qatlamlar oralig’idagi
masofaning maydon bo’ylab bir xil emasligini bildiradi. Izoxor chiziqlari ikki qatlam
oralig’ida joylashgan jinslarning haqiqiy qalinligini emas, balki ularning ko’zga
tashlanib turgan (vertikal bo’ylab o’lchangan) qalinligini anglatadi. O’xshashlik
xaritasini tuzish usuli struktura xaritasining mutlaq balandlik belgilarini
interpolyatsiya qilish usuliga o’xshaydi. Quduqlar joylashgan xaritadagi har qaysi
quduq yaqiniga qatlamlar orasidagi ko’zga ko’rinadigan masofa tushiriladi va
so’ngra interpolyatsiya metodi bilan 5 va 10 karrali izoxorlar topiladi. Aniqlangan
nuqtalar tekis egri chiziqlar bilan birlashtiriladi. O’xshashlik xaritalari asosan pastda
yotgan, yaxshi razvedka qilinmagan qatlamlarning strukturaviy sharoitlarini aniqlash
uchun ishlatiladi. Buning uchun kam sonli, lekin maydon bo’ylab bir maromda
joylashtirilgan quduqlar asosida tuzilgan o’xshashlik xaritasini (5.23, b-rasm)
yuqorida joylashgan, yaxshi razvedka qilingan belgili qatlam bo’yicha tuzilgan
struktura xaritasi ustiga joylashtiriladi (5.23, a-rasm).
Odatda o’xshashlik xaritasi kalkada chiziladi, unda ostidagi struktura xaritasi
aniq ko’rinib turadi. Xaritada o’xshash nuqtalarning struktura xaritasidagi
gorizontallar bilan kesishgan joylari

nuqtalari belgilanadi. Har qaysi nuqta uchun
izoxor chiziqlarining miqdoriy qiymatini struktura xaritalarining gorizontallari
qiymati bilan qo’shib, pastdagi qatlamning struktura xaritasini tuzish uchun
boshlang’ich nuqtalar olinadi (5.23-rasm,v). Bir xil qiymatli nuqtalar chiziqlar bilan
birlashtirilib, pastki qatlamning struktura xaritasi tuziladi (5.23-rasm,g). Umuman
amaliy jihatdan qaralganda, izoxorlarni gorizontallar bilan kesishgan har bir
nuqtasini hisoblab chiqishga zaruriyat yo’q.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin