«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org
7.1.1. Gazning fizik xususiyatlari
Turli gazlarning fizik xususiyatlari 7.1-jadvalda keltirilgan. Gazning holati uch
parametr
bosim (r), temperatura (T) va solishtirma hajm (V) (yoki zichlik
) bilan
tavsiflanadi. Parametrlar oralig’idagi bog’lanishlar gazning harakatlanishini
ifodalaydi. Bularni aniqlash gaz sanoatida turli amaliy masalalarni hal etishda asosiy
rol o’ynaydi.
Termodinamik hisoblashlarda standart sharoit sifatida t=0
0
C, r=0,1 MPa qabul
qilingan. Gaz sanoatida turli hisoblash ishlarida esa t=20
0
C va r=0,1 MPa (GOST
2939-63) qabul qilingan.
Uglevodorod gazlarining zichligi va qovushqoqligi ularning asosiy xususiyatlari
hisoblanadi.
Z i ch l i k
(
)
odatda gazning nisbiy zichlik qiymati (havoga nisbatan)
ishlatiladi. Gazning zichligi deganda bir xil bosim va temperaturada bir birlik
hajmdagi (1 sm
3
, 1 m
3
) gaz massasining shunday sharoitdagi havo hajmi massasiga
bo’lgan nisbati tushuniladi. Neft gazlarining zichligi 0,554 dan (metan uchun) 0,695
gacha va undan yuqori (geptan uchun) bo’lishi mumkin.
Qovushqoqlik
turli tezlikda bir-biriga nisbatan parallel siljiyotgan gazlarning
ikki qati orasida hosil bo’ladigan ichki ishqalanish kuchi. Uglevodorod gazlarining
qovushqoqligi juda kam. Quruq uglevodorod gazining qovushqoqligi 0
0
S da 13
10
-
6
Pa
s, havoniki 17
10
-6
Pa
s. Bosim past bo’lganda temperaturaning ko’tarilishi bilan
havo va gazning qovushqoqligi ham o’zgaradi. Bosim 4 MPa
s gacha bo’lganda
gazning qovushqoqligi kam o’zgaradi, undan yuqori bosimda esa ortib boradi (7.2-
jadval)