147
ular murakkab sistemaga o’xshaydilar. Binobarin, ularni o’rganishda ayrim
uglevodorodlarga tegishli fizikaviy kimyoning va termodinamikaning asosiy qonun-
qoidalaridan foydalanish mumkin.
Uglevodorodli sistemalar boshqa sistemalar singari gomogen (bir jinsli) va
geterogen (ko’p jinsli) bo’lishi mumkin. Gomogen sistemada uning hamma
qismlarining fizik xususiyatlari bir xil (bir jinsli) bo’ladi. Geterogen sistemada esa,
aksincha uglevodorodlarning fizik va kimyoviy xususiyatlari har bir nuqtada turlicha
bo’ladi.
Geterogen sistema bir qancha fazalardan iborat.
Har bir faza sistemaning
ma’lum qismini tashkil etadi. Bu gomogen bo’lib, boshqa fazalardan aniq chegaralar
bilan (masalan, geterogen sistema: muz, suv va suv bug’i) ajralib turadi.
Shuningdek, neft-gazli qatlamda geterogen sistema mavjud bo’lib u gaz, neft va
suvdan iborat bo’ladi. SHu boisdan uglevodorodlar xossalarini tadqiq qilish bilan
birga, suvning xossalarini ham o’rganish zarurdir. Chunki, suv qatlamning bir
qismini tashkil etadi, neftni olishni osonlashtiradi hamda neft va gaz bilan birgalikda
chiqarib olinadi.
Quyida neft, gaz va suvning faqat yer yuzasidagi va qatlam sharoitlaridagi
xususiyatlariga to’xtalib o’tamiz. Neft
va gaz konlarini loyihalashda, ishlatishda va
zaxirasini hisoblashda bularni bilish juda zarur.
Dostları ilə paylaş: