174
Kapillyar bosim tsilindrdagi bosimdan kam bo’lganda g’ovaklardan suyuqlik chiqib
ketishi bois bosim doimo bir me’yorda ushlab turiladi.
Tajriba o’tkazish jarayonida har qaysi bosimda
namunadan siqib chiqarilgan
suvning miqdori tarozida tortib aniqlanadi. Olingan natijalar asosida kapillyar bosim
va bog’langan suvga to’yinganlik orasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi egri chiziq
chiziladi. Tajribadan aniqlangan suvga to’yinganlikning
eng kam qiymati mazkur
tog’ jinsi namunasi tarkibidagi bog’langan suvning miqdorini bildiradi. Kapillyar
bosim
metodining kamchiligi shuki, bunda tajriba uzoqqa cho’zilib, goho bir hafta
davom etadi.
3. Sentrifugalash metodi.
Mazkur metod A.F.Lebedev
tomonidan ishlab
chiqilib, tuproq hamda grunt suvlarining harakatini o’rganishda qo’llanilgan. Bu
metodda tadqiq qilinayotgan tog’ jinsi namunasi eritib suyultiriladi, so’ngra quritiladi
va vakuum ostida suvga to’yintiriladi, keyinroq suv tsentrifugalash asosida chiqarib
yuboriladi.
Jins tarkibidagi suv nam namuna massasi bilan quruq holdagi namuna
massasining oralig’idagi farq orqali aniqlanadi.
Mazkur metodning afzalligi
shundaki, bunda tsentrifugalash jarayoni tez va bir necha daqiqa davom etadi. Ammo
bu va kapillyar bosim metodlarida qatlam sharoiti tiklanmaydi, binobarin bog’langan
suvning miqdori taqribiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: