Geologiyasi


-rasm. Neft-gaz konida er osti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə122/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.18-rasm. Neft-gaz konida er osti 
suvlarining joylashish sxemasi
a – suv
o’tkazmaydigan jinslar; b – neft; v – gaz;
g
– minerallangan suv;
d
– kondensatsion
suv; e – minerallangan va kondensatsion
suvlar aralashmasi; suvlar turi: 1 – grunt
suvlari; 2 – qatlamning yuqori qismidagi
suvlar; 3 – shekka yoki chegara suvlari; 4 –
oraliq suvlar; 5 – qatlam ostidagi suvlar; 6
– pastki qatlam suvlari; 7 – tektonik suvlar



177
Interval suv 


deb neftli va gazli qatlam (gorizont, majmua)lar oralig’ida
joylashgan suvga aytiladi. Bunday suv neft va gaz qazib olishda yagona ishlatish
ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Grunt suvi 
deb yer yuzasidan pastdagi birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam
ustida joylashgan suvli gorizontdagi yer osti suviga aytiladi. Bunday suvlar atmosfera
va yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lib, erkin suv yuzasiga ega. Grunt suvi chaqiq va
mustahkam sementlanmagan jinslarda (qatlam turidagi suv) yoki jins yoriqlarida
(yoriq suvi) uchraydi. Grunt suvining tarqalish maydoni bilan ta’minlanish maydoni
bir-biriga mos tushadi. Grunt suvi o’ziga xos tarqalish maydoni bilan tavsiflanadi,
tekis maydonlarda

kenglik zonalligiga, tog’li mintaqalarda

vertikal zonallikka
ega.
7.18-rasmda qatlam, tektonik va grunt suvlarining joylashishi konning sxematik
kesimida ko’rsatilgan.

7.3.1 Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari 

Qatlam suvining minerallanishi
deb suvning tarkibidagi erigan tuzlar, ionlar va
kolloidlarning umumiy miqdoriga aytiladi. Odatda g/100 g yoki g/l da ifodalanadi.
Neft va gaz konlari suvlarining minerallanish darajasi keng miqyosda o’zgaradi

1
g/l (chuchuk suvlar)dan 400 g/l gacha va undan ortiq (o’ta sho’r) bo’ladi. Oltita
asosiy ionlar (Cl
-
, SO
2-
4
, HCO
-
3
, Na
+
, Ca
2+
, Mg
2+
)dan tashqari qatlam suvlarida
karbonat ioni (CO
3
2-
), kaliy (K
+
) va temir (Fe
2+
va Fe
3+
) ionlari ko’p tarqalgan.
Qolgan elementlar(mikrokomponentlar)ning miqdori
juda ham kam.
Qatlam suvlarining minerallanishi va kimyoviy
tarkibiga ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari
(zichligi, qovushqoqligi, yuza tarangligi, elektr
o’tkazuvchanligi va b.) mansub. Neft-gaz konlarini
ishlatishda minerallashgan suvlarning yuqori darajada
yuvuvchi xususiyatga ega ekanligiga e’tibor berish
lozim. Shuning uchun ham uyumga suv haydashda
bunday suvlarni ishlatish neftning siqib chiqarish
koeffisientini oshirib yuboradi. Shu bilan birga
minerallashgan suvlar ishlatilganda neft chiqarib
olinayotgan quduqlar tubida tuz yig’ilishi mumkin.
Buning
natijasida
quduqning
ishlash
sharoiti
yomonlashadi.
Qatlam suvidagi gazning miqdori 
1,5-2,0 m
3
/m
3
dan ortiq bo’lmaydi. Odatda aksariyat hollarda 0,2-
0,5 m
3
/m
3
ga teng bo’ladi. Suvda erigan gazning
tarkibida metan ko’p miqdorda uchraydi, undan keyin azot, karbonat angidrid gazi,
metan gomologlari, geliy va argon ham bo’ladi. yer osti suvlarining tarkibini faqat
kimyoviy tahlil asosida aniqlash mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin