Geologiyasi


 Yer osti suvlarining kimyoviy xususiyatlari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə125/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.3.2. Yer osti suvlarining kimyoviy xususiyatlari 

Neft konlaridagi yer osti suvlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:


7.21-rasm.Tabiiy gazning toza suvda 
eruvchanligi (N). 
Diagrammadan foyda-
lanishda suvning minerallanish darajasiga
tuzatishlar kiritish zarur



180
1) yuqori minerallashganligi; 2) tarkibida kaltsiy va natriy xloridlari yoki natriy


gidrokarbonatlarining mavjudligi; 3) sulfatlarning ishtirok etmasligi yoki judayam
kamligi; 4) J, Br, NH
4
ionlari miqdorining ortiqligi; 5) H
2
S ning tez-tez uchrab
turishi; 6) naftenli kislota tuzlarining ishtirok etishi; 7) erigan uglevodorod
gazlarining borligi bilan.
Yer yuzasi suvlarining suyuq-tomchi ko’rinishda yoki suv bug’i holida yer
po’stiga singib borishidan yer osti suvlari hosil bo’ladi. yer osti suvlarining tarkib
topishida, shuningdek, dengiz cho’kindilari bilan ko’milib ketgan va keyinchalik
cho’kindilar diagenezi jarayonida qayta tiklangan suvlar ham qatnashadi.
Turli tipdagi suvlarning hosil bo’lishi nihoyatda har xil bo’lib, quyidagicha
tariflanadi: 1) yer osti suvlarining tog’ jinsi bilan o’zaro ta’siri; 2) suvning gaz va
neftga ta’siri; 3) mikrobiologik jarayonlarni suvga ta’siri; 4) turli geologik omillar
(jinslarning litologik-fizik tarkibi va ularning kollektorlik xususiyatlari, tektonik va
temperatura sharoitlari va b.) ta’siri va sh.k.
Gaz-neft konlaridagi suvlar tarkibida odatda quyidagi komponentlar mavjud
bo’ladi:
1) eruvchan tuz ionlari: anionlar

OH
-
, Cl
-
, SO
4
2-
, CO
3
2-
, HCO
3
-
; kationlar

H
+
,
K
+
, Na
+
, NH
4
+
, Mg
2+
, Ca
2+
, Fe
2+
, Mn
2+
;
2) mikroelementlarning eruvchan ionlari: Br
-
, J
-
, B
3+
, Sr
2+
;
3) kolloidlar: SiO
2
, Fe
2
O
3
, Al
2
O
3
;
4) gazsimon moddalar: CO
2
, H
2
S, CH
4
, H
2
, N
2
;
5) organik moddalar: naften kislotalari va ularning tuzlari.
Neft konlaridagi suvlarni tahlil qilish asosida bir qatlamning turli joylaridan
(suv-neft tutash yuza zonasi yoki chegara tashqarisi zonasidan) olingan suvlarning
tarkibi har xil bo’lishi aniqlandi. Ko’pincha suv-neft tutash yuzasi zonasidan olingan
suvning minerallashganlik darajasi yuqori va aksincha neftlilik chegarasidan
uzoqroqdan olingan suvning minerallashganligi kamroq bo’ladi. SHuning uchun ham
konni ishlatish chog’ida va chekka suvlarning siljishi mobaynida ularning
minerallashganligi kamayib boradi. Bunday holat ishqorli suvlarda keskin bo’ladi.
CHunki neft-suv tutash yuzasida biokimyoviy jarayon shakllanadi. Bunday jarayon
sulfatlarning qisman tiklanishida sodir bo’ladi. Ko’pincha sulfatlar suvda oz
miqdorda ishtirok etadi. Kimyoviy tahlil ionli, ekvivalentli va ekvivalent-foizli
shaklda ifodalanadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin