176
Qoldiq suvning hosil bo’lishi
va neft hamda gaz uyumlarining
paydo
bo’lishi
uzviy
bog’liq
jarayon. Qatlamga kirib kelayotgan
neft va gaz suvni g’ovaklardan siqib
chiqaradi, lekin suv o’z joyini butkul
bo’shatmay,
qatlamda qoldiq suv
ko’rinishida qisman qoladi. Gilli
qumtosh, alevrolit, mikrog’ovakli
ohaktoshlarda
uning
miqdori
g’ovaklar hajmining 70% ini tashkil
etishi
mumkin.
Odatda
qumli-
alevrolitli kollektorlarda qoldiq suv
g’ovaklar hajmining 10-30%ini
egallaydi.
Uglevodorodli
uyumlardagi neft-suv va gaz-suv
yuzalarida
suvning
kapillyar
ko’tarilishi,
gaz-neft tutash yuzada
esa neftning ko’tarilishi kuzatiladi.
Har xil tarkibli tog’ jinslaridagi
kapillyar ko’tarilishlar ham turlicha
bo’ladi, shu sababli neft-suv, gaz-suv
yoki gaz-neft tutash yuzalarida aniq
chegarani ajratib bo’lmaydi. Bunday
joylarda tutash o’tish
zonalari hosil
bo’ladi. Ayrim gaz konlarida qoldiq
suvlardan tashqari, qoldiq neft ham
bo’ladi. Qoldiq suvning miqdorini
aniqlash
neft va gaz zaxirasini
hisoblash uchun zarur.
Qatlamga sun’iy
yoki texnik suv qatlam bosimini doimo ushlab turish uchun
haydaladi. SHuningdek, quduq qazilayotganda yoki uni ta’mirlashda qatlamga
yuborilgan suv ham sun’iy haydalgan suv sanaladi.
Neft-gazli zonalarda dizyunktiv uzilishlar yoriqlari orqali harakatlanadigan suv
tektonik suv
deb ataladi. Bunday suvlar uyumni ishlatish
vaqtida neft-gazli
qatlamlarga kirib borib, quduqning suv bosishiga sabab bo’ladi.
Chekka yoki chegara
suvlari deb suv-neft tutash yuzasi yoki gaz-suv tutash
yuzasi ostida joylashgan suvlarga aytiladi. Bular odatda uyum joylashgan qatlamdagi
suvlar bo’lib, ba’zan uyumni yuqoridan qoplab (ustki chekka suvlar), ba’zan ostki
tomondan uni yuqoriga itarib (ostki chekka suvlar) turadi. Chekka suvlarning suv-
neft (gaz-suv) tutash yuzasidagi qismi ostki suvlar nomi bilan ma’lum. Ostki suvlar
neftli
qatlamda, bevosita neft (gaz) uyumi ostida joylashadi va undan suv
o’tkazmaydigan jinslar orqali ajralmay turadi. Bunday suvlar qatlamlarning qiyalik
burchagi kam bo’lgan strukturalarda va katta qalinlikdagi kollektorlarda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: