Geologiyasi


-rasm. Suvlanish tillari (S.t.) va



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə129/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.25-rasm. Suvlanish tillari (S.t.) va 
tegilmagan 
neft 
qoldiqlarining 
joylashish sxemasi
1- suvlanish tillari; 2
– tegilmagan neft qoldiqlari
7.26-rasm. 
Qatlam 
osti 
suvlari 
mavjudligida suvlanish konuslarining 
joylashish sxemasi
1 – neft; 2 – suv; 3
– gilli qatcha; 4 – tsementli tiqin; S.k. –
suvlanish konuslari
7.27 rasm.Tektonik suvlar bilan 
neftli qatlamning suvlanish sxemasi
a – neft; b suv



184
qarab qo’shimcha razvedka quduqlari qazilib, sinov ishlari bajariladi.



7.3.4. Suv-neft tutash yuzasi va uning tavsifi 

Suv-neft tutash yuzasi neftli qatlamlarda neft va suvni ajratuvchi chegara


hisoblanadi. U turli qalinlikdagi zonadan iborat. Bu zonada neft va erkin suv
mavjud. Suv-neft tutash yuzasi odatda gorizontal, ayrim hollarda bir oz qiya
holatda bo’ladi. Neft uyumining yuqori qismidagi qatlam o’zidan suv o’tkazmaydi.
Suv-neft tutash yuzasi qatlamdagi mavjud neft va erkin suvni ajratuvchi chegara
hisoblanadi. CHegara toza neft yuzasiga qanchalik yaqin borsa, qatlamda neft
miqdori shuncha ko’payib, suv miqdori esa kamayadi va aksincha, chegara toza suv
yuzasiga yaqinlashsa, neft miqdori kamayib, suv miqdori ortadi.
Kollektorning toza neftli qismidan toza suvli qismiga o’tadigan joyi
o’tish zonasi
deb ataladi. Xorijlik olimlar Kerrol va Knutson olib borgan ilmiy-tadqiqotlardan
ma’lum bo’lishicha, zarralari yaxshi saralangan va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan
qumtoshlarda o’tish zonasining qalinligi 0,3 m dan ortiq emas va aksincha, litologik
tarkibi turlicha, o’tkazuvchanligi esa kam bo’lgan qumtoshlarda o’tish zonasining
qalinligi 8 m gacha boradi. Suv-neft tutash yuzasi kamdan-kam gorizontal holatda
bo’lib, asosan qiya holatda uchraydiki, bu ta’minlanish oblasti o’rni va o’lchamiga,
kollektorning o’tkazuvchanligiga, yer osti suvlari harakati dinamikasiga va h.k.larga
bog’liq.
Agar neft(gaz) uyumlari massiv ko’rinishiga ega bo’lsa, suv-neft tutash yuzasi
neft(gaz) saqlovchi qatlamlarning hammasini kesib o’tadi. Konlarni ishlatish
jarayonida neft(gaz)li jinslarning ichki va tashqi chegaralari neft(gaz) uyumlarining
gumbaz tomoniga qarab suriladi.
Qatlamning neftga to’yingan qismidan suvga to’yingan qismiga o’tishda
solishtirma qarshilikning o’zgarishini aniqlash uchun bajarilgan geofizik
tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, suv-neft tutash yuzasi uchun o’tish
zonasining shunday chegarasini qabul qilish kerakki, toki unda solishtirma qarshilik
qiymati kritik qarshilik qiymatiga teng bo’lsin va u qatlamning eng kam solishtirma
qarshiligi sifatida qabul qilinsin. Bunday qatlamdan neftning suvsiz oqimi olinadi.
Qatlamning solishtirma qarshiligini uni sinashdan olingan ma’lumotlar bilan
solishtirib kritik qarshilik aniqlanadi. Masalan, Rossiyaning Tuymazin va Bavlin neft
konlarida kritik qarshilik 7 Om

m ga teng bo’lib, qatlamning neftga to’yinganlik
darajasi 68% ga to’g’ri keladi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra bu konlarda suv-neft
tutash yuzasi suv yuzasidan 1,1 m yuqorida joylashgan.
Solishtirma qarshilikning o’tish zonasida taqsimlanishini o’rganish uning
chiziqli qonun bo’yicha sodir bo’lishini ko’rsatdi. N.N. Soxranov metodikasiga
binoan (bu metodika «Quduq geofizikasi» kursida o’qiladi) Tatariston va
Boshqirdistonda suv-neft tutash yuzasi sifatida o’tish zonasining pastki qismidagi,
neftga to’yinganligi 70% ga teng bo’lgan shartli yuza qabul qilingan.
Ammo qavatlangan g’ovakli va g’ovakli bo’lmagan tog’ jinslarining qatlamning
ostki qismidagi suv-neft tutash yuzasi oralig’ida bo’lishi uning holatini quduq
geofizikasi metodlari yordamida aniqlashni qiyinlashtiradi.



185
Demak, istalgan bir fursatda suv-neft tutash yuzasini aniqlash masalasi u yoki bu


geologik sharoitlarga va bajarilgan tadqiqotlarning mukammalligiga qarab hal etiladi.
Erkin suvning yuzasini faqat g’ovaklari yoki yirik darzliklari bo’lgan
kollektorlarda to’g’ri aniqlash mumkin. Kapillyarligi yuqori bo’lgan, ayniqsa
kapillyar g’ovakli kollektorlarda suv-neft yuzasini aniqlash juda qiyin kechadi,
chunki tutash yuzaning holatiga kollektorlarning o’tkazuvchanligi, kapillyar bosimi,
neft va suvning fazaviy o’tkazuvchanligi, yuza tortishishi, shuningdek, suv-neft

jins sistemasidagi suyuq faza bilan jins oralig’idagi chekka burchakning o’lchami va
boshqa omillar sezilarli ta’sir etadi. Muhit yuzasi chegarasi sifatida aniqlanadigan
neft-suv tutash yuzasi neft va suv chiqarishda doimo erkin suv yuzasidan yuqorida
(goho juda yuqorida) joylashadi.
Neft-suv tutash yuzasi doimo gorizontal holatda bo’lmaydi, goho u egik holatda
joylashadi. Bu ta’minlanish oblastining o’lchami va joylashgan o’rniga,
kollektorning o’tkazuvchanligiga, yer osti suvlarining harakatlanish dinamikasiga va
sh.o’. bog’liqdir. V.P. Savchenkoning ta’kidlashicha, neft va gaz uyumlarining bir
joydan ikkinchi joyga siljishi (va neft-suv va gaz-suv tutash yuzalarining gorizontal
holatda bo’lmasligi) asosan qatlam suvlari harakatiga bog’liq. Uning fikricha, qatlam
suvlari bosimining farqi unchalik katta bo’lmaganda neft va gaz uyumlarining siljishi
amalda suvning harakat yo’nalishi bo’ylab sodir bo’lmaydi. Biroq suv bosimining
o’zgarish farqi 0,01 MPa ga yaqin bo’lsa yoki 1 km masofada 1 m dan ortiq o’zgarsa,
u holda gaz uyumlarining (o’lchami katta bo’lganda) siljishi suvning harakat
yo’nalishi bo’yicha bir necha metrga, neft uyumlarining siljishi esa bir necha o’nlab
metrga etishi mumkin.
Gaz-neft tutash yuzasi erkin gaz
miqdorining 100% ligini va gazning neftda
100%
eriganini
belgilovchi
chegara
hisoblanadi. Bunday hollarda neftdan gazga
o’tadigan zona mavjud bo’ladi. Neft-gaz
tutash yuzasi fizik xususiyatlari bir-biriga
o’xshash uglevodorodlar aralashmasida
chegara rolini o’ynaydi. SHuning uchun
ham bunday aralashmalarni bir-biridan
ajratish suv-neft tutash yuzasi chegarasini
aniqlashdan qiyin kechadi. Gaz qalpog’i
katta va neft xoshiyasi unchalik keng
bo’lmaganda gaz-neft tutash yuzasini
aniqlash ayniqsa murakkab bo’ladi.
Neft zaxiralarini hisoblashda neftga
to’yingan qatlamning foydali qalinligi
bo’yicha izopaxit xaritalarini tuzishda
tutash yuzalarni to’g’ri aniqlash lozim.
Neft uyumi balandligi unchalik katta
bo’lmagan qiya strukturalardagi suv-neft
tutash yuzasining holatini mukammal belgilash zarur, chunki kichik bir xatolik ham

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin