Geologiyasi


 QATLAMNING NEFT-GAZGA TO’YINGANLIGINI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə132/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.5. QATLAMNING NEFT-GAZGA TO’YINGANLIGINI 
ANIQLASH METODLARI 

Dastlab qatlamning neftga to’yinganligi to’g’risida ma’lumot beramiz.


Qatlamning neftga to’yinganligi
deganda qatlamdagi neft miqdorining neft saqlovchi
jinslar g’ovaklari, kovaklari va yoriqlari hajmi yig’indisiga bo’lgan nisbati
tushuniladi. Tabiiy sharoitlarda neft eng yirik g’ovaklarning ma’lum bir qisminigina
to’yintiradi. Kichik g’ovaklar esa sirt tarangligi kuchi ta’sirida suv bilan to’ladi.
G’ovaklar qancha kichik bo’lsa, qatlamlarda «ko’milgan» suv shuncha ko’p bo’ladi.
Ayrim qatlamlarda bunday suvlar 40% ni tashkil etadi. «Ko’milgan» suv odatda
uyumni ishlatish jarayonida namoyon bo’lmaydi va quduqdan faqat suvsiz neft
chiqadi.
Agar neft qatlamining ostki qismida ostki suvlar namoyon bo’lsa, ularda jins
bo’ylab kapillyar ko’tarilish yuz beradi, natijada qo’shimcha ta’sir kuchi yuzaga
kelib, suv yirik g’ovaklarni ham egallay boshlaydi. G’ovak kanallarining diametri
qancha kichik bo’lsa, kapillyar ko’tarilish shuncha yuqori bo’ladi. SHu sababli suv-
neft tutash yuzasi sathidan yuqoriroqda yuzaga keladigan neft-suv o’tish zonasining
qalinligi 2-3 m ga etadi va suvning miqdori yuqoriga tomon kamayib boradi. Qatlam
bosimining qiymati neftning gazga to’yinish bosimi qiymatidan past bo’lsa, gaz



190
neftdan pufakchalar hosil qilib ajrala boshlaydi, agarda kollektorlarning


o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa, u holda ajralayotgan gaz uyumning yuqori qismiga
tomon harakatlanib, gaz qalpog’ini hosil qiladi. Erkin gaz qatlamning neftga
to’yinishini pasaytiradi.
Qatlamning neftga to’yinganligini aniqlaydigan ikkita metod ma’lum:
a) jins namunasini tahlil qilish asosida aniqlash;
b) konda bajarilgan geofizik tadqiqotlar asosida aniqlash.

a) Qatlamning neftga to’yinganligini jins namunalari asosida aniqlash 

Neftli qatlamdan olingan jins namunasini yer yuzasiga ko’tarish paytida bosim


pasayib ketadi, shu sababli neftdan gaz ajralaboshlaydi. Ajralgan gaz g’ovaklardan
uning tashqarisiga oldidagi neftni itarib chiqaradi. Binobarin, yer yuzasiga
chiqarilgan jins namunasining neftga to’yinganligi qatlam sharoitidagi jinsning
neftga to’yinganligidan farq qiladi. SHunga qaramay, bunday jinsning namunalari
quyidagi maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin:

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin