Geologiyasi


Jinsning neft-gaz-suvga to’yinganligi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə133/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

1. Jinsning neft-gaz-suvga to’yinganligi
to’g’risida taxminiy fikrlash uchun
AQSh lik, Rossiyalik, O’zbekistonlik va b. olimlar konlardan olingan kernning neft-
suvga to’yinganligini tahlil qilib, ko’pgina hollarda g’ovaklarda qariyb 15% neft,
40% suv va 45% gaz bo’lishini aniqladilar. SHu bilan birga qoldiq suvdagi xloridlar
miqdorini o’rganib va tahlil qilib, qoldiq suv gilli eritma zardoblari bilan turli
nisbatda aralashgan bo’lishi mumkinligini ham o’rgandilar.
2. Qoldiq neftga to’yinganlikni o’rganish orqali qatlamning neft beraolish 
koeffisientini aniqlash.
Buning uchun neftda erigan gazning ajralib chiqishidan va
kengayishidan neftni qatlamdan siqib chiqarilish sharoiti o’rganiladi.
Aniqlanadigan natijalar to’g’ri bo’lishi uchun xuddi qatlamdagi kabi jins
namunasidagi bosimni asta sekin kamaytirib borish zarur. Namuna quduqdan tez
ko’tarilmasligi zarur, chunki u tez ko’tarilganda qatlamning neft beraolishi
to’g’risidagi ma’lumotlar qiymati ortib ketadi. M. Masket va R.D. Botset
tadqiqotlariga ko’ra, kerndagi qoldiq neftga to’yinganlik konni ishlatishda
hisoblangan miqdorga namunani quduqdan ko’tarish paytida bosimining kamayishi
0,007-0,0001 MPa/min dan ortiq bo’lmasa yaqin keladi.
3. Qatlamning neftga to’yinganligini bevosita aniqlash.
Jins namunasini yer
yuzasiga chiqarishda uning tarkibidagi neft va gazning bir qismi yo’qoladi, ammo
subkapillyar kanallardagi ko’milgan suvlar tog’ jinslari bilan fazalararo tortishish
kuchlari ta’sirida bog’liq bo’lgani uchun namunada saqlanib qoladi. Agar qatlamda
erkin gaz bo’lmasa, bog’langan suvning miqdorini bilib, uning hajmini g’ovaklar
hajmi qiymatidan ayirib, qatlam sharoitida neftli g’ovaklar hajmini aniqlaymiz.
Neftga to’yinganligi aniqlanadigan jins namunasi zudlik bilan eritmadan
tozalanib (latta bilan artilishi yoki suv bilan yuvilishi kerak), tekshirilib, so’ngra
parafin qati bilan qoplanadi.



191
«Ko’milgan» suv Dina va Starka asbobida, qoldiq neft


esa Sokslet asbobida namunani eritib yuvish asosida
aniqlanadi. «Ko’milgan» suv to’g’risida qisqacha ma’lumot
beramiz. Bunday suv yer yuzasidan tog’ jinslariga singigan
va hududlarning keyinchalik cho’kishi va ular ustiga yangi
cho’kindilarning yotqizilishidan ko’milib ketgan yer osti
suvidir. U qadimgi infiltratsion (yoki inflyutsion) suv
hisoblanadi. «Ko’milgan» suv singenetik

ularni saqlab
turgan cho’kindilar bilan bir vaqtda paydo bo’lgan;
epigenetik

dengiz havzalarida avval paydo bo’lib,
keyinchalik suv o’tkazuvchan tog’ jinslariga singib ketgan
bo’ladi.
Namunani suvga va neftga to’yinganligini bir vaqtning
o’zida aniqlash Zaksning LP-4 asbobida bajariladi (7.30-
rasm). «Ko’milgan» suvni haydash quyidagicha bo’ladi:
Tadqiq qilinayotgan namuna gilzaga 4 joylashtiriladi, gilza
1 kolba og’ziga o’rnatiladi. Asbobga toluol quyiladi,
suyuqlik chiqib ketadigan joylarini bor yo’qligi puxta
tekshirilgandan so’ng kolba 1 usti yopiq elektr pechkada
isitiladi; ajralib chiqayotgan suv qabul qiluvchi idishning pastki qismida to’planadi;
qabul quluvchi idishning oralig’i 0,02 sm
3
li bo’laklarga bo’lingan. Suv hajmining
ortishi to’xtab, suv sathining yuqori qismida joylashgan erituvchi butkul
tiniqlashganda suv haydash to’xtatiladi.
Gilzadan kolbaga tushayotgan erituvchi butunlay tiniq holatga kelganda
namunani eritib yuvish nihoyasiga etadi.
Suvga to’yinganlik koeffisienti quyidagicha aniqlanadi:
p
m
d
V
α
c


,
bunda


jins zichligi; m

mutlaq g’ovaklilik koeffisienti; p


namunaning
eritib yuvishdan keyingi og’irligi; V
s

qabul qiluvchi idishdagi suvning hajmi.
Namunadagi neft hajmi quyidagicha aniqlanadi:
)
V
-
р
-
(
р
1
V
c
c
н
н
ρ
ρ


,
bunda

n

neft zichligi; r

namunaning eritib yuvishgacha bo’lgan og’irligi;

v

cuvning tajriba o’tkazilayotgan temperaturadagi zichligi.
Neftga to’yinganlik koeffisienti quyidagi formula bo’yicha topiladi:
р
m
d
V
β
н


.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin