192
Bu metod cho’kindi jinslarning solishtirma elektr qarshiligini g’ovaklarda
joylashgan suvning miqdori va minerallashganlik darajasiga bog’liqligiga
asoslangan. Yonlama elektr zondlash yo’li bilan o’rganilayotgan qatlamning
solishtirma qarshiligini
n
aniqlab va uni bu qatlamning suvli qismini solishtirma
qarshiligini
v.p
o’rtacha qiymatini hisoblab chiqib, qarshilikning ko’payish
koeffisientini quyidagi formula bo’yicha aniqlaymiz:
в.п
н.п
н
ρ
ρ
ρ
.
Keyinchalik
n
parametrni jinsning neftga to’yinganlik koeffisientiga
bog’liqligini aks ettiruvchi egri chiziq bo’yicha jinsning neftga to’yinganligi
aniqlanadi (7.31-rasm). Aniqlanishiga ko’ra neftga to’yinganlikni
n
parametriga
bog’liqlik darajasi gili-qumtosh (rasmda 1-egri chiziq) va karbonat jinslarida (rasmda
2-egri chiziq) turlicha bo’ladi.
Neftga to’yinganlikni aniqlash bo’yicha misol keltiramiz. Aytaylik, neftli
qumtoshning elektr qarshiligi 140 Om
m bo’lsin. Qatlamning suvli qismida uning
elektr qarshiligi 2 Om
m desak,
n
quyidagicha hisoblanadi:
70
2
140
ρ
н
.
So’ngra, 2-egri chiziqda (7.31-rasm)
n
=70 parametriga qumtoshning neftga
to’yinganligi 85,5% ga teng bo’lganiga amin bo’lamiz.
Agar qatlamning solishtirma qarshiligi uning suvli qismi uchun aniqlanmagan
bo’lsa, bunday sharoitda solishtirma qarshilik qatlamning g’ovakligi va
minerallashganligi to’g’risidagi ma’lumotdan foydalanib hisoblab chiqiladi.
Qayd etilgan qatlamning neftga to’yinganligini aniqlash metodikasi qatlamning
gazga yoki neftga to’yinganligini aniqlab beraolmaydi. Olingan natijalar neftga
to’yinganlik koeffisientini, shuningdek, gazga to’yinganlik koeffisientini ham
tavsiflashi mumkin. Shuning uchun neftga yoki gazga to’yinganlikni aniqlash uchun
qatlamni qo’shimcha ravishda neft-gaz va gaz karotaji bilan tadqiq qilish lozim.