Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə136/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

statik bosimi
, ishlayotgan quduqlarda o’lchangan bosimni
esa

qatlamning
dinamik
(quduq tubi)
bosimi
deb ataymiz. Ayrim quduqlarda
o’lchangan qatlamning boshlang’ich yoki joriy bosim qiymati butun uyum bo’yicha
qatlamning boshlang’ich yoki joriy bosimining o’rtacha qiymatini ifoda eta olmaydi.
Qatlamning o’rtacha boshlang’ich yoki o’rtacha joriy bosimi aniqlanayotgan
maydon chegarasi sifatida ko’pincha ishlatish quduqlarining tashqi qatoridan
quduqlar oralig’idagi masofaga teng uzoqlikdan o’tgan chiziq qabul qilinadi. Bu
maydon konni ishlatish amaliyotida
tanlash zonasi
nomi bilan yuritiladi.
Shunday qilib, ushbu maydon chegarasida o’lchangan qatlam bosimi o’rtacha
bosimni faqat tanlash zonasidagina ifodalaydi. Bu bosim neft va gaz zaxirasini
hisoblashdan ko’ra konni ishlatishni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Neft va
gaz xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning zaxiralarini hisoblashda asosan
hajmiy va moddiy balans metodlaridan foydalanilanganda, neftlilikning boshlang’ich
tashqi chegarasi bilan cheklangan maydondagi neftli qatlamning boshlang’ich va
joriy bosimining o’rtacha qiymatlari ma’lum bo’lishi zarur. Qatlam energiyasidan
samaraliroq foydalanish maqsadida konni ishlatishning oqilona tizimini amalga
oshirish uchun bosim va uning tartibga solinishini muntazam nazorat qilib turish
lozim. Bu esa katta amaliy ahamiyatga ega. CHunki qatlam va uning tarkibidagi
suyuqlik va gazlarning ishlatish hamda gidrodinamik xususiyatlari qatlam
bosimining o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq.
Sobiq Ittifoq va chet ellardagi neft konlarida o’lchangan ko’pdan-ko’p
qatlamlarning boshlang’ich bosimi qiymati shuni ko’rsatdiki, chuqurlik ortishi bilan
qatlam bosimi ham ma’lum qonuniyatga bo’ysungan holda ko’tarilib boradi. Qatlam
bosimi har 10 m chuqurlikda 0,08-0,12 MPa ga o’zgarib boradi va o’rta hisobda har
10 m da 0,1 Mpa ga ortadi. Bu suvning gidrostatik bosimiga mos keladi.
Shunday qilib, ko’pchilik neft konlarida qatlam bosimi qiymati qatlamning
yotish chuqurligi bilan uzviy bog’liq va u odatda qatlamning ochilgan chuqurligiga
mos keluvchi suv ustuni bosimidan yuqori bo’lmaydi.
Lekin sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon,
Turkmaniston, G’arbiy Ukraina, SHimoliy Kavkazda hamda xorijiy mamlakatlarning
bir qator hududlarida shunday neft konlari borki, ularda qatlam bosimi gidrostatik
bosim qiymatidan ancha yuqoriligi aniqlangan. CHunonchi, Karadaga (G’arbiy
Apsheron) quduqlarining birida bosim gradienti 0,15 MPa/10 m ni tashkil etgan,
Baba-Zanan (Kuraoldi pasttekisligi) maydonida

0,146 MPa/10 m, Ventura-Avenyu
(AQSh) konida

0,24 MPa/10 m, Lak (Frantsiya) konida

qariyb 0,18 MPa/10 m va
h.k.
Ozarbayjon konlarida qatlamning me’yoridan ortiq darajada yuqori bosimga ega
bo’lishiga asosiy sabab, V.S. Melik-Pashaev aniqlagan ma’lumotlar bo’yicha,
balchiqli vulkan strukturalarining o’ziga xos tuzilishi va burmaning o’q qismidan
o’tgan bo’ylama buzilishlarda zichligi qariyb 2,0 g/sm
3
bo’lgan suyuq balchiq
sopkasi ulkan massasining mavjudligidir.
Ba’zan qatlam bosimining gidrostatik bosimga nisbatan ortishi tektonik kuchlar
bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunda tektonik kuchlar hosil bo’lgan uyum
burmasining o’sishiga va shu sababli, qatlamning boshlang’ich bosimi saqlangan



196
holda, neftli qatlamning yotish chuqurligining kamayishiga olib keladi. SHuningdek,


anomal yuqori bosim ushbu qatlamni pastda joylashgan yuqori bosimli gaz qatlami
bilan tektonik yoriqlar orqali bog’langanligi natijasida ham hosil bo’lishi mumkin.
Nihoyat, gaz uyumi balandligining yuqoriligi anomal qatlam bosimini keltirib
chiqarishi mumkin. Chunki, butun uyum bo’yicha bosim asosan gaz-suv tutash
zonasidagi qatlam bosimi qiymati bilan aniqlanadi. Masalan, agar gaz-suv tutash
zonasi 1500 m chuqurlikda joylashgan va gazli katlamning eng yuqori nuqtasi 1000
m chuqurlikda bo’lsa, uyumning qubba qismidagi qatlam bosimi gidrostatik
bosimdan 1,5 marta ortiq bo’ladi.
Neftgazlilik qavati baland bo’lgan neft-gaz uyumidagi bosimning taqsimlanishi
8.1-rasmda aks ettirilgan. Bu yerda 2000 m chuqurlikda (SNTYU

suv-neft tutash
yuzasi) bosim

SNTYU
=20 MPa (normal gidrostatik) va bosim gradienti 0,1 MPa/10
m; neft uyumi balandligi 200 m va neft zichligi 0,8 g/sm
3
bo’lgandagi gaz-neft tutash
yuzasida qatlam bosimi

18,4
100
0,8
200
20
ρ
GNK




MPa va bosim gradienti (1800
m chuqurlikda) 0,102 MPa/10 m ni tashkil etadi.
Gazlilik qavati 300 m bo’lgan gaz uyumining eng yuqori nuqtasidagi gaz
zichligi suvnikiga nisbatan 0,17 g/sm
3
ga teng, chunki
7734
ρ
Н
100
ρ
Н
р
g
'
g

va
0,17
77,34
0,7
18,4
77,34
ρ
р
ρ
g
'
g





Bunda,

g
=0,7

gazning havoga nisbatan zichligi; 7734 m

0,1 MPa bosimga
ekvivalent havo ustunining balandligi. Qatlam bosimi quydagicha hisoblanadi:
17,9
100
0,17
300
18,4



MPa.
Chuqurlik 1500 m bo’lganda bosim gradienti 0,119 MPa/10 m ga teng.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin