Neft va gaz konlarining yer osti suvlari neft va gaz konlariga nisbatan geologik
181
Grunt suvlari yer yuzasidan unchalik
chuqur bo’lmagan, birinchi suvto’sar
qatlamda joylashadi.
Ularning ishlatish
rejimi
gidrometeorologik
sharoitlarga
bog’liq. Bosimli qatlam suvlari (7.22-rasm)
neftli
qatlamlarga
nisbatan
geologik-
maydoniy joylashishiga qarab quyidagicha
bo’linadi (A.A. Kartsev, 1963): 1)
ostki
chekka (chegara) suvlar
neft uyumining
pasaygan joyida, ostida joylashib, uni to’liq
o’rab
ololmaydi; 2) ostki suvlar
neft
uyumi ostida joylashib, struktura bo’yicha
uni to’liq o’rab oladi; 3) interval suvlar
neft va gazli
qalin qatlamlar ichida
joylashgan singuvchi qatlardagi suvlar
bo’lib, yagona ishlatish ob’ekti hisoblanadi;
4) ustki chekka suvlar
neft va gaz uyumi
bo’lgan qatlamlardagi suvlar bo’lib, bular
uyumning ustida joylashadi; 5) ustki suvlar
qatlam suvlari bo’lib, neft va gazli
qatlamlar
ustida yotadi; 6) qatlam ostki
suvlari
neft-gazli qatlam ostida yotuvchi
suvli qatlamlardagi suvlar; 7)
tektonik
suvlar
yoriq
suvlari
neft-gazli
qatlamlarni kesib o’tgan diz’yunktiv
yoriqlardagi suvlar; 8) bog’langan suvlar,
asosan kapillyar suvlar
qatlamning neft
va gazga to’yingan qismida joylashadi; 9) sun’iy qo’shilgan suvlar
neft-gazli
qatlamni burg’ilashda, ta’mirlash
ishlarida, qum tiqinini yuvishda qo’shiladigan
suvlar. Qatlam bosimini tiklash uchun qatlamga suv haydalganda bunday suvlar
qisman chekka, ostki, interval suvlar o’rnini egallashi, ba’zan mustaqil o’rin egallashi
mumkin (masalan, chegara ichra suv bostirishda) (7.23-rasm).
Ostki chekka suvlar mavjud bo’lganda neft-suv tutash yuzasining holati (7.24-
rasm) neftlilikning tashqi (qatlamning ustki qismi bo’yicha) va ichki (qatlamning
ostki qismi bo’yicha) chegarasini aniqlaydi.
Neftlilikning ichki chegarasida joylashgan qatlam bo’y baravariga, ya’ni ostki
qismidan ustki qismigacha neft bo’ladi. Neftlilikning ichki va tashqi chegarasi
oralig’ida joylashgan qatlamning ustida neft, ostki qismida suv bo’ladi va bu
chegaraoldi zonasi deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: