27
alevrolitlar mikrozondlar, radioaktiv karotaji, yonlama zondlash karotaji,
kavernogramma diagrammalarida qumtoshlardan kam farqlanadi.
Gil aralashmalaridan xoli alevrolitlar
quduq kesimida kam uchraydi, ko’pincha
gilli alevrolitlar ichida yupqa qatchalar ko’rinishida qavatlanib keladi. Gilli
alevrolitlarning karotaj tavsifi gil jinslarnikiga o’xshashdir. PS egri chizig’i
deyarli
o’zgarishsiz, qiyshayishsiz chiziladi, gamma-karotaj egri chizig’ida yuqori qiymatga
ega bo’ladi. Gilli alevrolitlar zichligi gil jinslar zichligidan yuqori bo’lganligidan
ularning zohiriy qarshiligi ham ancha ko’pdir. Gilli alevrolitlarning o’tkazuvchanligi
yomon bo’lganligi uchun mikrozond diagrammalarida ular qarshisida musbat
o’sishlar, mikrozondlar yordamida olingan zohiriy qarshilik diagrammalarida
gil va
qum qatlamlarinikiga nisbatan yuqori ko’rsatkichlar qayd qilinadi.
NGK diagrammalarida gilli alevrolitlarning ko’rsatkichlari suyuqlik bilan bir xil
to’yingan qum qatlamlar ko’rsatkichlari bilan deyarli bir xildir. Gilli kollektorlarda
vodorod miqdorining yuqori darajada bo’lishi
gil aralashmalari tarkibida
kristallangan suvlarning bo’lishidan darak beradi.
Gilli alevrolitlar qarshisida qayd qilingan kovako’lchagich egri chiziqlaridan
quduq diametrini doloto diametridan sezilarli darajada o’zgarmaganligini ko’rish
mumkin. Ko’pincha kovako’lchagich egri chiziqlarida
quduq diametrining
kattalashganini ko’ramiz, bu jarayon gilli alevrolitlarning qum va qumtosh jinslar
bilan qavatlanganida kuzatiladi.
Mikrozond ma’lumotlari asosida alevrolit va gil pachkalarini
katta aniqlikda
ajratish hamda ular ichida yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan qum va
qumtosh qatchalarni belgilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: