7.8. Reynolьds sonining katta va kichik qiymatlarida mahalliy qarshilik koeffitsiyentlari
Biz mahalliy qarshiliklarni vujudga keltiruvchi to’siqlarning turlari to’g’risida to’xtalib o’tdik. Bu to’siqlarda oqimning turbulent tartibga xos bo’lgan hollaridagi qarshilik koeffitsiyentining o’zgarishini ko’rgan edik. Turbulent harakat vaqtida koeffitsiyenti qarshilik ko’rsatuvchi to’siq shakliga, kattaligiga, to’siqlarning ochilish darajasiga bog’liq bo’lishidan tashqari, suyuqlik harakatining tartibiga, ya’ni Reynolьds soniga ham bog’liq bo’ladi. Tajribalar ko’rsatishicha, Reynolьds sonining katta qiymatlarida harakat tartibi turbulent bo’lsa mahalliy qarshilik koeffitsiyenti ning Re soniga bog’liqligi juda ham sezilarsiz darajada bo’lib, bu bog’liqlikni to’siqlar shakli, turi va ochilish darajasining ta’siriga nisbatan hisobga olmaslik mumkin.
Laminar harakat vaqtida esa umumiy qarshilik ishqalanish kuchi va uyurmalar yuzaga kelishi hisobiga paydo bo’lgan qarshiliklar yig’indisiga teng. Buni hisobga olib o’tkazilgan tajribalar mahalliy qarshilik koeffitsiyentini quyidagi ko’rinishga ifodalashga imkon beradi:
Reynolьds sonining kichik (Re<9) qiymatlarida qarshilik koeffitsiyenti mahalliy qarshilikning shakliga bog’liq bo’lmay, faqat Re soniga bog’liq bo’lib qolib u quyidagicha yoziladi:
Laminar tartibli oqimlar uchun Re sonining kattaroq qiymatlarida esa mahalliy qarshilik koeffitsiyenti bir oz murakkabroq ko’rinishga egadir.
Tajriba natijalaridan ko’rinadiki, Reynolьds sonining kattaligi ortishi bilan mahalliy qarshiliklar shaklining ta’siri ortib borib, Re>3500 bo’lganda, xususan turbulent tartibga o’tganda, bu ta’sir hal qiluvchi rolь o’ynaydi.
Mahalliy qarshiliklarda Re kichik bo’lgan hollarda amaliy hisob ishlari uchun gidravlik yo’qotishni Quvurning ekvivalent uzunligi bilan almashtiriladi. Ekvivalent uzunlik deb qurilayotgan Quvurning Shunday uzunligi olinadiki, undagi ishqalanish qarshiligi mahalliy qarshilikka teng. Bu holda
Bundan ekvivalent uzunlik
ko’rinishni oladi. Ekvivalent uzunlikni turli mahalliy qarshiliklar uchun, odatda, tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |